Toshkent 2020 yil


Suv havzalari 2 ta katta guruhga bo‗linadi



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Suv havzalari 2 ta katta guruhga bo‗linadi: 
1. Tinch turib qolgan suv havzalari yoki lentik muhit.
Bunga —ko‗llar, havzalar va botqoqliklar kiradi. 
2. Oqar suvlar —lotik muhit 
—bunga daryolar va soylar kiradi. 
Suvlar 
termodinamik xarakteristikasi
, yorug‗likni o‗tkazish xususiyati, 
oqim tezligi, sho‗rligi va unda erigan gazlarning miqdori bilan xarakterlanadi. 
Yorug‗likning suvining turli qatlamlariga bir xilda tushmasligi, bosimning har 
xil chuqurliklarda o‗zgarishi va boshqalar suvda hayvonlarning turlicha 
joylashishiga sabab bo‗ladi. Ularning ba‘zilari suvning chuqur joylarida, 
ikkinchilari suvning yuza qismida, uchinchilari esa suv qatlamida yashaydi. 
Tinch yoki lentik suv xavzasida 3 zonani ajratish mumkin: 
1. Litoral zona 
—suvning chuqur bo‗lmagan qismi — yorug‗lik suv tubigacha 
yetib boradi. 
Bu yerda yuksak o‗simliklar va ba‘zi bir suv o‗tlari uchraydi. 
2. Limnik zona
- suvning undan pastroq qismi bo‗lib, bunga kam yorug‗lik 
tushib turadi. Bu zonadan keyin esa yorug‗lik tushmaydi. Natijada biomassa 
to‗planmaydi. Limnik zonaning pastki chegarasi 
kompensatsiya gorizonti
deyiladi. 
3. Profundal zona
- bu joyga umuman yorug‗lik tushmaydi. 
Yashash muhitiga bog‗liq holda suv organizmlari quyidagi hayot 
formalariga bo‗linadi: 
1) Bentos (grekcha ―bentos‖ — chuqurlik)
suvning tubida ya‘ni loyqaga 
yopishib yoki erkin holda hayot kechiruvchi hayvonlar va o‗simliklar. Bunga, 
mollyuskalar, ba‘zi bir suv o‗tlari, hasharotlar lichinkasi misol bo‗ladi. 
2) Perifiton (grekcha ―peri‖ — atrofida, oldida)
— bu yuksak 
o‗simliklarning poyasiga yopishib, ko‗tariluvchi mollyuska, kolovratka, gidra va 
boshqalar. 
3) Plankton ("planktos" — suzib yuruvchi organizmlar) — suvning vertikal 
va gorizontal oqimi bilan harakat qiluvchi organizmlar. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
92 
Plankton holda yashovchi organizmlarning o‗lchami kichik — mikroskopik 
bo‗lib, bularga mayda qisqichbaqasimonlar, lichinkalar, yashil, ko‗k yashil suv 
o‗tlari, diatomalar kiradi. 
4) Nekton (grekcha ―nektos‖ —suzib yuruvchi)
— erkin suzuvchi va
aralashib yuruvchi organizmlar. Bularga: baliqlar, amfibiyalar, hasharotlar 
kiradi. 
5) Neyston (grekcha— ―neystos‖ —suzuvchi)
. Suvning yuzida suzuvchi 
organizmlar. Bunga ba‘zi bir chivinlar va ularning lichinkalari, o‗simliklardan 
ryaska misol bo‗lishi mumkin. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin