Yosh avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab
hamkorligining pedagogik manbalarini o’rganish
Gulshan Nozimjon qizi A’zamova
Namangan davlat unversiteti
Annotatsiya:
Oilada doimo tinchlik bo’lishi, bo’sh vaqtini faol tashkil etish,
madaniyat, san’at maskanlariga oilaviy sayohatlar uyushtirish - oila barkamolligini
ta’minlashga xizmat qiladi. Oilada bolaning to’g’ri tarbiyalashning asosiy
shartlaridan biri tarbiyada hamjihatlikdir. Ta’lim tarbiya masalasi murakkab bo’lib,
bunday ulkan mas’uliyatli, sharafli ishni oila, mahalla, maktab va keng jamoatchilik
bilan hamkorlikda olib borish muhim o’rin egallaydi.
Kalit so’zlar
: oila, bola, mahalla, vatanparvarlik, maktab, hamkorlik, ota-ona,
mardlik, mehr-muhabbat
To study the pedagogical sources of family, neighborhood and
school cooperation in raising the young generation
Gulshan Nozimjon kizi Azamova
Namangan State University
Abstract:
Always having peace in the family, actively organizing free time,
organizing family trips to places of culture and art - serves to ensure family harmony.
One of the main conditions for proper upbringing of a child in the family is unity in
upbringing. The issue of education is complex, and it is important to carry out such a
hugely responsible and honorable work in cooperation with the family,
neighborhood, school and the general public.
Keywords:
family, child, neighborhood, patriotism, school, cooperation,
parents, courage, love
Mamlakatimizda bolalar to’g’risida, onalar haqida g’amxo’rlik qilish chinakam
davlat siyosati darajasidagi faoliyatlarga aylanib bormoqda . Jamiki yaxshi narsalar -
bolalarga shiori yanada baralla jaranglamoqda. Keyingi yillarda mazkur masala
yuzasidan qabul qilingan qarorlar fikrimizning isbotidir. Ma’lumki, bola maktabga
kelgunga qadar ham, maktabda o’qish davrida ham, asosan oilada tarbiyalanadi. Oila
davlatning asosiy kurtagi sifatida bolalarning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta’sir
ko’rsatishi tabbiy holdir. Oila a’zolarining ma’naviy birligi yoshlarni har tomonlama
kamol toptirishning dastlabki va asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
370
Bolalarni barkamol inson qilib tarbiyalash maktabni oila bilan mustahkam
bog’lamay turib, tarbiya sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib
bo’lmaydi. Shu maqsadda ota-onalar o’rtasida ta’lim-tarbiyaga oid tashviqot ishlarini
kengaytirish ularni maktabning faol yordamchilariga, o’quvchilarning sinfdan va
maktabdan tashqaridagi ishlarida har tomonlama foydali tashkilotchilariga aylantirish
zarur.
Jamiyatning jadal rivojlanishi, faoliyat turlarining tobora murakkablashib borishi
shaxs ongiga ko’rsatayetgan ko’rinmas ta’sirlarning kuchayishiga olib kelmoqda.
Mana shunday sharoitda kishining mavjud bilimi, kasb-hunari, malakalari kamlik
qilib qolmoqda. Eng avvalo, insonlarda oilada tarkib topgan did, farosat, aql, odob,
emotsional madaniyatga muhtojlik sezilmoqda. Estetik, axloqiy va boshqa tarbiya
sifatlari kundalik hayet ehtiyejga aylanib bormoqda. Tabiiyki, bunday sifatlarga
oilaviy tarbiya orqali asos solinadi, kamol toptiriladi. To’g’r, bunda ijtimoiy
tarbiyaning o’rnini inkor etib bo’lmaydi. Ana shu nuqtai nazardan ularning birligiga,
o’zaro hamkorliklariga asoslansak, barkamol inson tarbiyasida muvaffaqiyatlarga
erishish mumkin. Oilaviy tarbiya pedagogika fanida murakkab muammolardan
biridir. Uning murakkabligi shundaki, har bir oila o’ziga xos ibtidoiy guruh bo’lib,
tarbiyada faqat mazkur guruhga xos xususiyatlarga asoslanadi.
Bola tarbiyalashda buyuk mutafakkir bobomiz Mirzo Ulugbek shunday
deganlar: "Oilada ota-onalar ayniqsa o’qimishli ota-onalar o’z farzandlarining
haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga alohida e’tibor berishlari lozim". Shunday ekan,
har bir ota-ona farzandining tarbiyasiga ko’proq e’tibor berishi, ularga alohida vaqt
ajratib, odob-axloqdan dars berishi, yomonlarga yaqin yo’latmasligi lozim ekan. Ana
shunda ular ota-onasi va el-yurtiga xizmat qiladigan, ularga ikki dunyoda obo’ olib
keladigan yuzlarini yoruğ va boshlarini yuqori qiladigan farzand bo’lib ulğayishadi.
Uzoq va boy tarixga ega bo’lgan xalqimiz o’zining ta’lim-tarbiyaga oid ulkan
merosga ega. Bu meros bugungi avlodni, insonparvarlik, mehr- muhabbat, oqibat,
vatanparvarlik, yuksak axloq ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Xozrgi kunda bola
tarbiyasiga, ularni jahon talablariga mos bilim olishlariga, hunar egallashlari, har
tomonlama yetuk inson bo’lib voyaga yetishlariga ota-onalar ma’suldirlar.
Tarbiyaning asosi oiladan boshlanadi.
Har bir inson dunyoga kelar ekan, uning insoniyligi, ahloq-odobi, xulq- atvori,
dastavval o’z oilasida shakllanadi. Har bir ota-ona tarbiyaning o’ziga xos qonun-
qoidalarni o’zlashtirib, ularga amal qilishi lozim. Negaki oilada bola tarbiyasi g’oyat
nozik, murakkab masala bo’lib, ota-onadan pedagogik bilim, katta tarbiyachilik
mahoratini talab qiladi.
Bolani oʻrab olgan muhitning hammasini odamlar, narsalar, hodisalar uning
ongida, xulq - atvorida ma’lum iz qoldiradi, uni oʻzgartiradi, oʻstiradi. Oiladagi
tarbiyaning samaradorligi, albatta ota-onaning qanchalik bilimli, madaniyatli boʻlishi,
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
371
bola tarbiyasiga masʼulyat bilan qarashlari, farzandlari kelajagini chuqur his etishlari,
tajribada sinalgan milliy urf-odat va anʼanalardan unumli foydalanishlariga bogʻliq.
Tarbiyada talabchanlik, ota-ona va katta yoshdagi kishilarning oʻzaro ahilliklari,
kichiklarga gʻamxoʻrlik, osuda turmush va halol mehnat faoliyati oilaviy tarbiyaning
asosini tashkil etadi.
Bundan tashqari har bir oilada farzand tarbiyasida aniq bir maqsad boʻlishi
kerak. Eng muhimi, farzandlarimizni nafaqat boʻlajak ota-ona yoki aka-uka, opa-
singil sifatida, balki jamiyatning haqiqiy fuqarosi, kelajagiga ishonuvchi, unga
sadoqat bilan xizmat qiluvchi inson, vatanparvar posbon sifatida ham tarbiyalashga
eʼtibor berishimiz lozim.
Oilada doimo tinchlik bo’lishi, bo’sh vaqtini faol tashkil etish, madaniyat, san’at
maskanlariga oilaviy sayohatlar uyushtirish - oila barkamolligini ta’minlashga xizmat
qiladi. Oilada bolaning to’g’ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri tarbiyada
hamjihatlikdir. Ta’lim tarbiya masalasi murakkab bo’lib, bunday ulkan mas’uliyatli,
sharafli ishni oila, mahalla, maktab va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib
borish muhim o’rin egallaydi.
Mahallaning ustunligi shundaki, bu yerda ko’p yillar davomida birga yashagan,
bir birini bilgan, sinagan, tanigan kishilar istiqomat qiladilar. Ular har bir oiladagi
muhitni va har bir bola tarbiyasini, ota-onasini mahallada tutgan o’rni, mavqei hamda
imkoniyatlarni yaxshi biladilar.
Oila, mahalla, maktab hamkorligi rejasini tuzish:
➢
Tarbiyaviy ishlar o’tkazish dasturi va shu dastur asosida mahallada yashovchi
har bir bola bilan bu tarbiyaviy ishlarni olib borish.
➢
Mahallada bolalar dam olishlariga, qiziqarli ishlar bilan shug’ullanishlariga
imkoniyat yaratib berish.
➢
Mahallada tarbiyaning ta’sirini oshirish.
Kabi ko’plab ishlarni olib borish, o’quvchilarni har tomonlama axloqli tarbiya
topishlariga keng imkoniyatlar yaratadi.
Taʼlim va tarbiya sohasiga etiborni kuchaytirish bu borada hukumatimiz
tomonidan qabul qilingan va hujjatlarni, maʼmuriy koʻrsatmalarni samarali bajarish
uchun oila, mahalla, maktab hamkorligi faoliyatini oʻziga xos pedagogik tizim, uslub
va shakllariga ega boʻlishilari zarur. Utkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta,
shuning bilan qatnashganlarning yoshlariga mos pedagogik va psixologik
mujassamlashtirgan, mantiqan teran, qiziqarli va koʻrgazmali, amaliy jihatdan qisqa
va loʻnda estetik jihatdan keng koʻlamli boʻlishi kerak.
Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshlarni
qamrab olgan holda, ularning yoshlaridan, qiziqishlaridan kelib chiqib ularni foydali
ishlarga yoʻnaltiriladi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
372
Bola tarbiyasida maktab o’rni ham juda beqiyosdir. Har bir bola maktab
ostonasiga qadam qo’yar ekan, o’zining kelajakdagi qiladigan ishlarini jajji ongida
tasavvur qiladi. Maktabda olgan bilimlari, ta’lim-tarbiyasi, bu ishlarning amalga
oshishida albatta o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Oila, mahalla, maktab
hamkorligida quyidagi tamoyillarga afnal qilinganida samaradorlik yanada yuqoriroq
bo’ladi:
➢
Dostları ilə paylaş: |