2-mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya)



Yüklə 220,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix02.12.2023
ölçüsü220,03 Kb.
#171496
1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu Borliq falsafasi (Ontologiya)

Harakat tiplari.
Fanda ob’ektiv borliq narsalari va hodisalari harakatining ikki asosiy tipi: 
progress va regress farqlanadi. Ularning biri materiya, energiya, axborotning makonda siljishi 
bilan bog‘liq bo‘lib, harakatlanuvchi narsalar o‘z muhim xossalarini o‘zgartirmasligi, ya’ni o‘z 
sifatini yo‘qotmasligi bilan tavsiflanadi. Bular miqdor o‘zgarishlari, makondagi ko‘chishlar yoki 
o‘rin almashuvidir. Bunga yurib ketayotgan odam, qorong‘i osmon fonida projektor nurining 
harakati va hatto xayolda ayrim ob’ektlardan boshqa ob’ektlarga o‘tish misol bo‘lishi mumkin. 
So‘nggi zikr etilgan holda fikrning muayyan (masalan, formal mantiq nuqtai nazardan to‘g‘ri 
yoki noto‘g‘ri) yo‘nalishdagi harakati to‘g‘risida so‘z yuritiladi.Ammo harakatning qayd etilgan 
tipi dunyoda yuz berayotgan o‘zgarishlarning butun rang-barangligini qamrab olmaydi. 
Aksariyat hollarda ular narsalarning ichki strukturasidagi qayta qurish bilan birga kechadiki, bu 
dastlabki narsa sifatlarining o‘zgarishi va u butunlay boshqa narsaga aylanishiga sabab bo‘ladi. 
Harakat shakllari.
Harakat shakllarini tasniflashda qaysi tamoyillarga rioya qilinishiga 
qarab bunday shakllarning har xil miqdori farqlanadi. Masalan, XIX asrda materiya tashkil 
topishining turli darajalariga asoslanib,materiya harakatining besh asosiy shakli: mexanik, fizik, 
kimyoviy, biologik vaijtimoiy harakat qayd etilgan. Harakatning mazkur shakllari bir-biri bilan 
uzviy bog‘liq bo‘lib, bunda har bir keyingi harakat o‘zidan oldingi harakatdan kelib chiqadi, 
unga asoslanadi, biroq, shunga qaramay, quyi shakl bilan bog‘lanmaydi. Harakatning murakkab 
shakllarini soddaroq shakllarga bunday bog‘lashga urinishlar falsafa tarixida «mexanitsizm», 
«reduksionizm» (lot. «reductio» –«ortga surish») degan nom olgan, harakat ijtimoiy shakllarini 
biologik shakllar darajasigacha soddalashtirish biologizatorlik konsepsiyalarida mavjud. 

Yüklə 220,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin