Substansional yo‘nalishda makon va vaqt materiya va ongga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil
mohiyatlar sifatida amal qiladi. Substansional konsepsiya asoschilari Demokrit (makon
muammosi bo‘yicha) va Platon (vaqtga nisbatan yondashuvlarda) Demokrit atomlar
harakatlanuvchi bo‘shliq amalda mavjudligi haqidagi yondashuvni ilgari surgan. Uning fikricha,
bo‘shliqsiz atomlar harakatlanish imkoniyatidan mahrumdir. Demokrit va Epikur makonni
atomlardan iborat joy, deb tasavvur qilgan va uni bo‘shliq bilan tenglashtirgan. Makon mutlaq,
bir jinsli va harakatsiz bo‘ladi, vaqt esa bir tekis oqadi, deb hisoblangan. Makon ob’ektiv, bir xil
va cheksiz. U atomlar joylashadigan joy. Vaqt (zamon)ni abadiyat
bilan tenglashtirish mumkin, u
o‘tmishdan kelajak sari bir maromda kechuvchi sof davomlilikdan iborat. Vaqt – voqealar yuz
beruvchi joy.
Makonning uch o‘lchovligi. Makonning uch o‘lchovliligi hanuzgacha ilmiy-nazariy
jihatdan aniq isbotlanmagan. Makon va vaqtning cheksizligi hamda tuganmasligi,
makonning
uch o‘lchovliligi, vaqtning bir yo‘nalishligi, orqaga qaytmasligi makon va vaqtning asosiy
xossalari sifatida qaralishi lozim.Biz makroskopik tajribada ko‘radigan ob’ektlar uch o‘lchovli
ko‘lamlilikka – uch o‘lchovdagi o‘lchamlilikka ega.
Dostları ilə paylaş: