55
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
VII. MADANIY MEROS OBYEKTLARINI MUHOFAZA
QILISH HAMDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING
USTUVOR YO‘NALISHLARI
“MADANIY MEROSNI SAQLAB,
TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNI
UMUMMILLIY HARAKATGA
AYLANTIRISH”
P
artiya O‘zbekistonning qadimiy shahar va qishloqlari
tarixiy qiyofasini muhofaza qilish,
butun insoniyatning
madaniy merosi bo‘lgan tarixiy joylar, arxitektura yod
gorliklarini saqlash va qayta tiklash bo‘yicha qonunchilik
normalarini takomillashtirish bo‘yicha sa’yharakatlarni
amalga oshiradi. Jumladan, Madaniyat vazirligi huzuridagi
Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish institutini
qayta tiklash, arxeologik tadqiqotlarni va Arxeologiya
institutini moliyalashtirish tizimini isloh etish,
shu sohada
faoliyat ko‘rsatuvchi ilmiy hamda texnik xodimlarni ijtimoiy
va moddiy jihatdan qo‘llabquvvatlash bo‘yicha aniq chora
tadbirlar ishlab chiqish zarur, deb biladi.
Turizm sohasining milliy iqtisodiyotning strategik tarmog‘i
sifatidagi o‘rnini kuchaytirish, mamlakatning ijobiy imijini
turizm
va investitsiya salohiyati, tarixi va madaniyatini
dunyoga targ‘ib qilish orqali oshirish, yurtimizni turizm
rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish bizning eng
asosiy maqsadimiz hisoblanadi.
Turizm — iqtisodiyotning rivojlanish
jarayonini yanada
tezlashtiruvchi omil sifatida muhim o‘rin tutadi. Qo‘shimcha
ish o‘rinlari yaratilishiga, iqtisodiy faol aholining bandligini
oshirishga, millat farovonligini yuksaltirishga, milliy,