50
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
va o‘zbek xalqining hozirgi
kundagi hayotiga baho
berishda biryoqlama yondashuvlarga, noxolislikka yo‘l
qo‘ymaslik, O‘zbekiston tarixini buzib, soxtalashtirib talqin
etilishiga nisbatan qarshi kurash olib borish, xalqaro
keng jamoatchilik diqqate’tiboriga O‘zbekistonning tarixiy
o‘tmishiga doir haqqoniy
haqiqatlarni yetkazish;
O‘zbekiston xalqining madaniyati va san’ati yutuq
larini xalqaro maydonda keng miqyosda targ‘ib etish,
hozirgi O‘zbekiston zaminida yashab ijod etgan va jahon
tamadduni taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan ilmfan,
madaniyat, adabiyot va san’at namoyandalari,
buyuk
davlat arboblari, harbiy sarkardalar hayoti faoliyatiga
bag‘ishlangan kino asarlari yaratish va ularni dunyo
jamoatchiligi diqqate’tiboriga
yetkazish;
yuksak estetik qimmatga ega bo‘lib kelgan milliy
hunarmandchilik turlarini qayta tiklash va rivojlantirish,
qadimgi badiiyhunarmandlik maktablari an’analarini
saqlab qolish, hunarmandlar maqomini tadbirkorlikdan
ajratish;
milliy liboslar va kiyimlar tarixini chuqur o‘rganish,
milliy liboslar va kiyimlarni targ‘ib qilish, ulardan amalda
foydalanishni kengaytirish;
gilamdo‘zlik
maktabini rivojlantirish, “O‘zbek
gilamdo‘zlari” Milliy assotsiatsiyasini tashkil etish, “O‘zbek
gilamdo‘zlik muzeyi”ni yaratish, har bir tuman va shaharda
tanlov asosida gilamchilik
korxonalarini tashkil etish,
“o‘zbekgilam.uz” internet katalogini yaratish;
O‘zbekiston xalqining ijtimoiy,
iqtisodiy, siyosiy,
huquqiy, madaniy tarixini o‘rganishga qaratilgan jamg‘ar
malar tashkil etilishiga erishish.