masalalari ham falsafiy ta’limotlar mavzusida katta o'rin ola boshladi.
Xususan, falsafiy ta ’lim otlarda (J. J. Russo, D. Didro, Gelvetsiy,
P. Golax) inson yashashi va olamda o ‘z o ‘rnini egallashiga asos
bo'ladigan tabiiy huquqqa egaligi, davlat esa odam lar o ‘rtasidagi
ijtimoiy shartnoma asosida tuzilgan tashkilot, degan masala alohida
o ‘rin ola boshladi. Bundan siyosiy xulosa qilgan fransuz m a’ri-
fatchilari qirolni ijtimoiy shartnom a shartlarini buzishda ayblab,
uning hokimiyatini zo‘rlik bilan ag‘darish masalasini kun tartibiga
q o ‘ydilar. Bu — falsafa siyosat bilan tobora ko'proq bog‘lanib
borayotganining belgilaridan biri edi.
XVIII asr oxiri va XIX asr
boshlarida falsafaning bahs
mavzusigina emas, balki o‘zi ham tadqiqot obyektiga aylandi. Nemis
m umtoz falsafasining vakillari (I. Kant, Fixte, Shelling, Gegel,
Feyyerbax) falsafaning o ‘zini ham falsafiy tahlil etish masalasini
o'rtaga qo ‘ydilar. Borliq va tafakkur o ‘rtasidagi m unosabatlar
tahliliga asosiy e ’tibor berila boshlandi. Kantning „Sof aql tanqidi“ ,
„Amaliy aql tanqidi“ nomli asarlari falsafiy tafakkurning ichki
mohiyatini tahlil etishga yo‘naltirilgan edi.
Falsafani siyosiylashtirishni K. Marks va F. Engels nihoyasiga
yetkazdilar.
U lar falsafani tabiat, jam iyat, inson tafakkurining
eng um um iy qonunlari haqidagi fan, deb ta ’riflash bilan o ‘zlari
yaratgan ta ’limotni kapitalizmga qarshi murosasiz kurash olib
borayotgan proletariat qo‘lidagi g‘oyaviy qurol sifatida ta ’rifladilar.
Bu g‘oyaga tayangan proletariat kapitalizmni kuch bilan ag‘darib,
o ‘z diktaturasini o ‘rnatishi kerak edi. Xullas, falsafani murosasiz
siyosiy k u rash lar bilan b o g ‘lash, o d am larn i q aram a-q arsh i
gumhlarga bo‘lib, ular o'rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirish,
bu — fanning yetuk axloq va insonparvarlik bilan bog‘langan
qadriyatlariga butunlay zid edi.
Yevropada XVIII asrda boshlangan texnogen
sivilizatsiya ham
falsafaning m ohiyati, bahs mavzusini tushunishga ta ’sir etdi.
Ya’ni, fan va texnika taraqqiyotida katta yutuqlar qo'lga kiritildi.
Lekin inson, uning hayoti, m a ’naviyati, m anfaatlari butunlay
soyada qolib ketdi. XX asrga kelib, inson aqli va q o ‘li bilan
yaratilgan kashfiyotlar uning istiqbolini, bu yorug1
olam da
yashashi m asalasini ham xavf-xatar ostida qoldirdi. Insonning
in so n d an , ja m iy a td a n , ta b ia td a n begonalashuvi k u ch ay d i,
m a’naviy buhronlar tobora keng k o ‘lam da avj ola boshladi,
milliy, diniy, ijtim oiy-siyosiy ziddiyatlar kuchaydi, turli xavfli
kasalliklar
keng tarqala boshladi, nashavandlik, alkogolizm ,
22
fohishabozlk, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya misli k o 'ril-
magan darajada keskinlashib ketdi, antropogen xarakterdagi ekologik
fojialar avj oldi.
Um um an, XIX, XX asrda G ‘arb falsafasi taraqqiyotiga, uning
muamm olarini belgilashga ta ’sir etgan om illar qatoriga:
1) falsafaning m u am m o lari va bahs m avzusiga siyosiy
andazalar asosida yondashish natijasida turli falsafiy qarashlaming
keskin
qutblanishi;
2) butun insoniyatning faoliyati va aqliy salohiyatini borliqni
o ‘zgartirishga qaratilgan jarayon, deb tushunish;
3) tabiatni inson manfaati, faoliyati uchun kerak bo'Igan bir
resurs sifatida qarash;
4) falsafa m avzuini to r siyosiy, sinfiy kurashlar m anfaati
nuqtayi
nazaridan baholash;
5) yangilik yaratishning har qanday shaklini qadriyat sifatida
e ’tirof etish;
6) jam iyatdagi ziddiyatlar kuchayishi natijasida insonlar
begonalashuvi, individualizm va egoizm kuchayishini falsafiy
asoslash va oqlashga urinish kabi xususiyatlarni kiritish mumkin.
Bular falsafiy ta ’limotlar doirasida um um insoniy qadriyatlar,
insonparvarlik g‘oyalaridan chekinish boshlanganini ko‘rsatadi.
Falsafa siyosat, tor guruhiy m anfaatlar talqini bilan cheklanib
qolgani sababli, ayrim ta ’lim otlar tezda tarix sahnasidan tushib,
o ‘rniga yangilari kelib chiqdi.
Bunday
sharoitda inson, insoniyatning m ohiyati, istiqboli,
tabiat bilan jam iyat o ‘rtasidagi m unosabatlar tizim ini yangicha
falsafiy tahlil etish zaruriyati yuzaga keldi. B utun dunyoda
in so n p arv arlik g ‘oy alari b ilan sug‘o rilg an S h arq falsafasi
a n ’analariga qaytish hollari kuchaydi. Bu y o !l — insonni yorug1
olamdagi eng buyuk qadriyat,
deb bilish, borliq m uam m olariga
u n in g o q ilo n a m a n fa atlarin i e ’tib o rg a olib, u m u m in so n iy
qadriyatlarga tayanib yondashish kuchayib borayotganining
belgisi edi.
Demak,
Dostları ilə paylaş: