Iskandar Arastuni o ‘zining ustozi deb bilgan. Amir Tem ur ham
o‘z davrining yetuk mutafakkirlari: Toybodiy,
Shamsiddin Kulolni
o'ziga ustoz deb bilgan, har qanday murakkab m uam m olarni hal
etishda ularning maslahatlariga amal qilgan. U hatto vafotidan oldin
o ‘z piri-ustozi M ir Sayyid Barakaning oyoq tomoniga dafn etishni
vasiyat qilgan. Sohibqiron davlatni boshqarishda ustozi Abu Bakr
Toybodiyning maslahati bilan quyidagi to ‘rt qoidaga amal qilgan:
1) kengash; 2)
m ashvarat-u maslahat; 3) qat’iy qaror, tadbirkorlik
va hushyorlik; 4) ehtiyotkorlik.
Temuriy shahzodalar ham o ‘z faoliyatida Naqshbandiya tariqatiga
mansub bo‘lgan mashhur so‘fiylar ta ’limoti, yo‘l-yo‘riqlariga amal
qilganlar. XV asrning taniqli mutafakkiri Xo‘ja Ahror Valiy ko‘plab
temuriyzodalarga ustoz b o ‘lgan. Unga hurm at shu qadar kuchli
bo‘lganki, Xo'ja Ahror Samarqandga kelganda, temuriy shahzodalar
uning
otini jilovidan ushlab, piyoda yetaklab yurganlar.
Aksincha, podshohlam ing faylasuflardan uzoqlashuvi jam i
yatni tanazzulga, davlatni parokandalikka olib kelgan. Masalan,
Husayn B oyqaroning N avoiydek yetuk m utafakkir allom ani
saroyidan Astrobodga badarg‘a qilib, atrofmi uzoqni ko'ra olmay-
digan, xushom adgo‘y, m ansabparastlar bilan o ‘rab olishi, davlat
inqirozining asosiy sabablaridan biri bo'lgan.
0 ‘rta
asrlarga kelib, G ‘arb va Sharq davlatlarida q o ‘lida
cheklanmagan hokimiyatni to ‘plab olgan, bilganicha ish qilishga
o'rganib qolgan hukm dorlar faylasuflarning g‘oyalari, pand-u
nasihatlariga m uhtoj b o ‘lmay qoldilar, atrofmi xushom adgo‘y
maddohlar, ko'ngil xushligi uchun ushlab turiladigan masxarabozlar
bilan o‘rab oldilar. Bu esa,
jamiyatda ijtimoiy-siyosiy, m a’naviy
buhronlar kuchayishiga, davlatlaming yemirilishiga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: