Roziy o ‘z falsafiy qarashlarida Arastuning izidan borgan o ‘z
o ‘tmishdoshi Al-Kindiyga nisbatan butunlay mustaqil yo‘l tutdi.
U ning falsafiy t a ’lim otiga k o ‘ra, real dunyo b esh ta azaliy
boshlang‘ich: materiya (xayulo), makon, zam on, jon (an-nafas)
va Xudo (bori)dan iboratdir. Roziy Xudoni azaliy sabablardan faqat
biri deb biladi. U dunyoning vujudga kelishida boshqa azaliy sabablar
qanday rol o 'y n asa, X udo ham shunday rol o ‘ynaydi, deb
hisoblagan. Shu sababli u Xudoni dunyoni yaratuvchi emas, balki
boshqaruvchi kuch, deb tasaw ur qiladi. K o‘rinib turibdiki,
Roziy
borliqning abadiyligi, uning makon va zamondagi cheksizligi, dunyo
hech kim tom onidan yaratilmaganligi, harakat esa narsalarning
ajralmas xususiyati ekanini, harakatning
manbayi narsalarning
ichidaligini ko‘rsatadi.
Roziy kishilarni ilm-fan va m a’rifatni egallashga chaqiradi,
baxtli hayotga erishish ilm -fanni egallash orqali ro'yobga chiqadi,
deb tushuntiradi. „Biz uchun eng sharafli bo ‘lgan narsa, — deydi
u, — faqat jismoniy lazzatlarga intilish emas, balki ilm va m a’rifat
orttirish va haqiqatga erishishdir“ . U ning ta ’lim oticha, inson
hayotining mohiyati baxtli turm ushga erishishdir.
Shuning uchun
har bir kishi baxtli hayot uchun kurashishi kerak. Bu kurash
ikki y o ‘ldan iborat. Birinchisi — hayotning ham m a m oddiy
ne’matlaridan foydalangan holda ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish;
ikkinchisi — eng oliy axloqiy holga erishishdir. Eng baxtli odam
boshqalarga ko‘p foyda keltirgan kishidir.
Uningcha, eng oliy axloqiy
yetuklik kishilarning bir-biriga nisbatan adolatli m unosabatda
bo'lishi, bir-birini ochiq ko‘ngillilik va hushmuomalalilik, rahmdillik
bilan qabul qilish, yordam berishidir. Boshqalami baxtsiz qilish
yo‘li bilan baxtli b o iish m um kin emas.
Roziy hatto Islom dini aqidalarini
tanqid qiluvchi ikki asar
ham yozgan. Bular: „N aq d a lad y o n “ („D in lard ag i zid d iy at“ )
va „H iyal alm u tan ab b iy y in “ („S o x ta payg‘am b arlar nayran-
gi“ )dir. Bu asarlarning bizgacha faqat ayrim qism larigina yetib
kelgan.
Roziy o ‘z qarashlarida o ‘sha davr uchun eng ilg‘or va qimmatli
bo ‘lgan — xalqlaming o ‘zaro tengligi, kishilarning dinga, e ’tiqodga
nisbatan erkinligi haqidagi fikrlarni ham ilgari suradi.
0 ‘rta asr musulmon falsafasi rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan
olim lardan biri
Dostları ilə paylaş: