0 ‘sha davrda yashagan, ijod etgan mutafakkirlardan biri
Yoqub
ibn Isoq al-Kindiy
(800—879-yillar) falsafiy qarashlari o 'z
davrining eng ilg'or oqim sifatida tanilgan va M u’tazila ta ’limoti
bilan uzviy bog'liq holda yuzaga kelgan.
Arab falsafasi mutaxassislarining fikricha, garchand musulmon
Sharqida juda ko‘p yirik mutafakkirlar o'tgan bo'lsa ham, „faylasuf ‘
degan nomga faqat al-Kindiy m usharraf bo'lgan, xolos.
A l-K indiy falsafa bilan fan o'rtasidagi tortishuvni falsafa
foydasiga hal qiladi. U falsafa fanining
zarurligini isbot qilishga
urinib, uni borliqni bilishning m uhim quroli, hatto falsafaning
dushm anlari ham falsafaga m uhtojdirlar, deb uqtiradi. Al-Kindiy
falsafaning zaru rlig in i u q tirib g in a q o lm ay , u n in g vazifasi
nim adan iborat, inson o 'z aqli, idroki bilan narsa va hodisalar
ning asl m ohiyatini bilishga qodirm i, degan savollarga ham javob
berishga harakat qiladi. „Falsafa, — deydi u, —narsa va hodisa
larning m ohiyatini,
asosiy sabablarini tekshiradi, n o ’malum
haqiqatning sababini topish orqaligina, uning m ohiyatini bilish
m um kin".
Al-Kindiyning fikricha, olam to'g'risidagi butun haqiqatni
bir m utafakkirning o 'z i to 'liq tushunib, egallab yetolm aydi.
H aq iq at n e c h a : necha asrlar davom ida, q a n c h a d a n -q a n c h a
mutafakkirlar tom onidan to'planib kelingan bilimlar majmuasidan
iborat. Bir odam ning um ri qan ch a u zu n ,
aqli teran , ilmiy
izlanishlari chuqur bo'lm asin, ko'p m ehnat qilmasin, baribir,
olam to 'g 'risid ag i bor haqiqatning ham m asini to 'liq anglab
yetolmaydi. „Buning uchun, — deydi u, — yuzlab, minglab yillar,
necha-necha avlodlarning m atonatli izlanishlari, o 'tk ir fikrlari
zarur bo'ladi. Shu tufayli biz biroz bo'lsa-da, haqiqatni bizga bildirib
ketgan o 'tm ish d o sh la rim iz, o ta -b o b o la rim iz d a n m in n a td o r
bo'lm og'im iz lozim ", — degan xulosaga kelgan.
Al-Kindiy o 'z
qarashlarida, olam markazida Yer turadi, u
esa osmon gumbazi bilan o'ralgan, deydi. U dunyoni ikki olamga
— Yerdagi va falakdagi olamlarga bo'ladi. Inson yashaydigan Yerdagi
olam o'zgarish — rivojlanish, chirish va o'lish kabi xususiyatlarga
ega. Falakdagi olam esa, o'zining o'zgarmasligi, rivojlanmasligi,
chirimasligi va o'lmasligi bilan farq qiladi.
Al-Kindiy d am n in g
vujudga kelishida va harakatlanishida unga turtki bergan birinchi
sabab deb Ollohni tushunadi. Uning fikricha, Olloh azaliy. abadiy,
yakka-yu yagonadir, butun koinotdagi um um iy tartibotning
o'rnatuvchisidir.
Al-Kindiyning arab falsafasida sharq aristotelchiligi paydo
boiishidagi roli g‘oyat kattadir. U Arastu falsafasini juda yaxshi
bilgan va, hatto uning ba’zi bir g‘oyalariga tanqidiy yondashgan. U
Arastuning 10 ta kategoriyasi o ‘rniga o ‘zining 5 ta parasubstan-
siyasini (materiya, shakl, harakat, makon va zamonni) ilgari surgan.
Uning
nuqtayi nazaricha, tabiatdagi barcha narsalar materiyadan
tashkil topgan. Materiya esa to ‘rt unsur:
olov, suv, havo
va
tuproqdan
iboratdir. Materiya doimiy harakatda, harakat esa narsalaming bir
turdan ikkinchi turga o ‘tishidan iborat. Bu, o‘z navbatida, o ‘zgarish-
larga olib keladi. Harakatni u olti turga bo'ladi: 1) paydo bo'lish; 2)
yo‘q bo'lish; 3) uzayish; 4) qisqarish; 5) o'zgarish va nihoyat, 6)
siljish. Vaqt harakatning sekin va tezligidan iborat bo'lib, u o ‘tgan
zamon va kelgusi zamonni bog'laydi. Materiya shaklga ham ega. Faqat
shakliy tafovut materiyani (xayulo) makon atributi ekanligini ham
e ’tirof etadi. M akon deb, jism ni o ‘z
ichiga oladigan, jism dan
tashqaridagi sathga aytamiz. Makon bilan uni to'ldirib turadigan
narsa bir-biriga bog'liq. Agar makon bo'lsa, uni to'ldiruvchi biron
narsa bo‘lishi kerak va aksincha, degan xulosaga kelgan.
Al-Kindiyning falsafiy qarashlarida dunyoni ilmiy bilishning
uch bosqichi haqidagi ta ’limoti ham muhim o ‘rin tutadi. Bunda
bilishning birinchi bosqichi mantiq va matematika yordamida yuzaga
kelsa, tabiatshunoslik bilimlari orqali inson bilishning ikkinchi
bosqichiga ko'tariladi. Inson bilishning uchinchi bosqichiga esa,
metafizika (falsafa) orqali ko'tariladi. U o'zidan oldin o'tgan olimlar
va zamondoshlarining qarashlarini umumlashtirib,
tanqidiy ravishda
qayta ishlab ch iq q an , qadim gi faylasuflar, xususan, yunon
falsafasining durdonalari bilan butun kelgusi avlodlarni bahramand
qila olgan qomusiy mutafakkirdir.
0 ‘rta asr Sharq falsafasining Al-Kindiydan keyingi yana bir
yirik vakili
Dostları ilə paylaş: