Al-Kindiyning arab falsafasida sharq aristotelchiligi paydo
boiishidagi roli g‘oyat kattadir. U Arastu falsafasini juda yaxshi
bilgan va, hatto uning ba’zi bir g‘oyalariga tanqidiy yondashgan. U
Arastuning 10 ta kategoriyasi o ‘rniga o ‘zining 5 ta parasubstan-
siyasini (materiya, shakl, harakat, makon va zamonni) ilgari surgan.
Uning nuqtayi nazaricha, tabiatdagi barcha narsalar materiyadan
tashkil topgan. Materiya esa to ‘rt unsur:
olov, suv, havo
va
tuproqdan
iboratdir. Materiya doimiy harakatda, harakat esa narsalaming bir
turdan ikkinchi turga o ‘tishidan iborat. Bu, o‘z navbatida, o ‘zgarish-
larga olib keladi. Harakatni u olti turga bo'ladi: 1) paydo bo'lish; 2)
yo‘q bo'lish; 3) uzayish; 4) qisqarish; 5) o'zgarish va nihoyat, 6)
siljish. Vaqt harakatning sekin va tezligidan iborat bo'lib, u o ‘tgan
zamon va kelgusi zamonni bog'laydi. Materiya shaklga ham ega. Faqat
shakliy tafovut materiyani (xayulo) makon atributi ekanligini ham
e ’tirof etadi. M akon deb, jism ni o ‘z ichiga oladigan, jism dan
tashqaridagi sathga aytamiz. Makon bilan uni to'ldirib turadigan
narsa bir-biriga bog'liq. Agar makon bo'lsa, uni to'ldiruvchi biron
narsa bo‘lishi kerak va aksincha, degan xulosaga kelgan.
Al-Kindiyning falsafiy qarashlarida dunyoni ilmiy bilishning
uch bosqichi haqidagi ta ’limoti ham muhim o ‘rin tutadi. Bunda
bilishning birinchi bosqichi mantiq va matematika yordamida yuzaga
kelsa, tabiatshunoslik bilimlari orqali inson bilishning ikkinchi
bosqichiga ko'tariladi. Inson bilishning uchinchi bosqichiga esa,
metafizika (falsafa) orqali ko'tariladi. U o'zidan oldin o'tgan olimlar
va zamondoshlarining qarashlarini umumlashtirib, tanqidiy ravishda
qayta ishlab ch iq q an , qadim gi faylasuflar, xususan, yunon
falsafasining durdonalari bilan butun kelgusi avlodlarni bahramand
qila olgan qomusiy mutafakkirdir.
0 ‘rta asr Sharq falsafasining Al-Kindiydan keyingi yana bir
yirik vakili
Dostları ilə paylaş: