‘z b e k ist o n r esp u b L ik a si oliy va 0 ‘rta maxsus ta’l im V a zir L ig I



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/295
tarix02.12.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#171704
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   295
Falsafa (1)

,M axayana
— 
hamma uchun birdek
ulug‘y o ‘l “,
davlat dini va mafkurasi, deb e ’lon qilingan (miloddan 
aw . 78-yil). Kanishka uchun kushonlar saltanatini birlashtiaivchi 
diniy mafkura va, ayni paytda, diniy e ’tiqod erkinligi siyosatini 
yu rg izish h a y o t-m a m o t m asalasi edi. C h u n k i, k u sh o n la r 
saltanatiga kirgan xalqlar buddaviy e ’tiqoddan tashqari qadimgi 
turkiy Tangri e ’tiqodiga, zardushtiylik va boshqa ko‘plab diniy 
e ’tiqodlarga sig‘inar edilar. Bu xalqlarni birlashtirish uchun, 
ularning e ’tiqodlarini o ‘zida om ixta qilgan, diniy ehtiyoji va 
m anfaatlarini qondira oladigan, uning evaziga kushonshohlar 
saltanatiga xayrixohligini qozontiruvchi rasmiy mafkura zarur edi. 
Shuning uchun Maxayana ta ’limotida buddachilikning aqidaviy 
a ’nanalariga, marosimchiligi va ijtimoiy asosiga jiddiy o ‘zgarishlar 
kiritildi.
Xususan, ,,Nirvana“ga shu dunyoning o ‘zida ham erishish 
mumkin. Nirvanaga faqat nufuzli, ilohiylik va muqaddaslik iqtidori 
sohiblari — budda avliyolarigina emas, balki m a’naviy-ruhiy 
poklanish, tozalanish yo‘liga kirgan, komillikni oliy va ezgu maqsad 
qilib olgan barcha odamzod erishishi mumkin.
Buddachilikning Maxayana shakli kushonshohlarning rasmiy 
davlat dini, deb e ’lon etilgandan so‘ng Kanishka, Vima Kadfis, 
keyingi kushonshohlar uni amalda rivojlantirishlari, boshqa xalqlar 
o'rtasida keng yoyishlari uchun saltanatning Balx, Marv, Termiz, 
Sam arqand, Buxoro, Shosh-Iloq, T urkiston, Sayram , Quva, 
Koson, 0 ‘sh, 0 ‘zgand, Qoshg‘a rv a boshqa shaharlarida ko‘pdan- 
ko‘p ibodatxonalar qurildi, buddachilikka oid kitoblar tarqatildi.
Maxayana buddachiligining diniy-falsafiy ta ’limoti asosida to ‘rtta 
qoida yotadi. Bular quyidagilar: dunyoda qiynalish, azob-uqubat 
mavjud; har qanday qiynalishning sababi bor; qiynalishdan qutulish 
mumkin; qiynalishdan qutulishga olib chiquvchi yo‘l bor.
Qiynalish deganda buddachilik nafaqat insonni, balki barcha 
tirik m avjudotning paydo b o ‘lishidan yo'qolishigacha b o ‘lgan 
jarayonni tushunadi. Biroq, buddachilik ta ’limotiga ko‘ra, inson 
hayotda qiyinchilikdan qutulishi m um kin. Q utulish deganda 
buddachilik insonni o ‘z istaklaridan voz kechishini, shu bilan 
birga, to i a xotiijamlik, osoyishtalik, mutlaq m as’udlik (Nirvana) 
holatiga erishishni tushunadi.
45


Shunday qilib, miloddan ancha oldin 0 ‘rta Osiyoda diniy
ijtimoiy-falsafiy qarashlarning dastlabki kurtaklari vujudga keldi. 
Bu ijtimoiy-falsafiy fikrlar diniy ruhda bo‘lsa ham, o ‘sha davr 
kishilarining olam, inson, uning huquqi va axloqi haqidagi qarash­
larini o ‘zida aks ettirdi.

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin