Jadid matbuotining milliy matbuot sifatida shakllanishi


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR



Yüklə 73,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix03.12.2023
ölçüsü73,08 Kb.
#171790
1   2   3   4   5   6   7
36 Nasirova Nilufar Norqulovna 219-225

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Tadqiqot jarayonida tarixiylik va xolislik tamoyillariga suyangan holda, 
qiyosiy – tarixiy, mantiqiy tahlil va davrlashtirish usullaridan foydalanildi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirish bilan o‘zining 
ma’naviy qadriyatlarini va aqliy salohiyatini qayta tiklash davriga qadam qo‘ydi. 
Davlatimiz qo‘lga kiritgan milliy mustaqillik matbuot sohasida ham o‘z aksini 
topmog‘i kerak. Chunki maktabda amalga oshiriladigan tarbiyaviy jarayon maqsadi 
davlat, ijtimoiy tarbiya maqsadlariga mos kelgan holdagina madaniy, ma’naviy, 
iqtisodiy taraqqiyot ravnaq qaror topishi mumkin. 
O‘tmish va kelajak bovasta qadamdir, deydi dono xalqimiz. Matbuot tarixining 
o‘z so‘nmas yulduzlari, porlab turgan quyoshlari – buyuk siymolari mavjud. Zero, 
tundan so‘ng tong otgani kabi ular asrlar osha hur tafakkur kuchlari bilan avlodlar 
dardiga hamdard, yo‘llariga madad bo‘ladilar. 
Yangi usuldagi maktab va maorif, ta’lim – tarbiya muammolarini ilgari surgan 
jadidlar ana shunday ulug‘ insonlar bo‘lib, tarix maydonida ularning alohida o‘rni bor. 
Jadidlar targ‘ib etgan g‘oyalar hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Suvning 


“Uchinchi renessans: ilm-fan va 
ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”
 
 
ISSN 2181-1784 
221 
w
www.oriens.uz
2021
 December
 
tubiga cho‘kib ketgan marvariddek shaffof hur fikrlar, ilg‘or falsafiy, pedagogik 
qarashlar bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda juda zarur va keraklidir. 
Ayniqsa, yoshlarni go‘zal ong, go‘zal til, go‘zal qalb sohibi – komil inson sifatida 
tarbiyalashda jadidlar faoliyatining ahamiyati buyuk va beqiyosdir. 
Jadidchilik XIX asr oxiri XX asrning boshlarida Turkiston ziyolilarining xalq 
orasida ozodlik, demokratiya, madaniy – ma’rifiy g‘oyalarini keng targ‘ibot qilish va 
amalga oshirishga qaratilgan milliy taraqqiyparvarlik harakatidir. Ma’lumki, 
“Jadidlarimiz siyosiy ishlar – haq-huquq, milliy davlat, hokimiyat masalalari bilan 
muntazam shug‘ullandilar. Ayni paytda maktab – maorif isloh qilina boshlandi. 
Milliy matbuot yo‘lga qo‘yildi. Teatr paydo bo‘ldi. Yangi adabiyot shakllandi, bir 
so‘z bilan aytganda, yangi tafakkur maydonga keldi. Bu – millatning o‘zligini 
anglash va mustaqillik mafkurasi edi. Bu hol, shubhasiz, millatning keyingi 3-4 asrlik 
tarixiy taraqqiyotida misli ko‘rilmagan hol edi. Uning hayotida uzoq turg‘unlikdan 
keyin yangi bosqich boshlanishiga dalolat edi”. Shu ma’noda aytishimiz mumkinki, 
jadidlar matbuoti sho‘ro davridagi bir yoqlama mafkuraviy qolipdagi matbuot emas, 
bu millatni kurashga, ma’rifatga otlantirgan matbuot edi. Jadidlar matbuoti 
to‘g‘risidagi haqiqatning tiklanishi bevosita milliy istiqlolning ro‘yobga chiqishi 
bilan uzviy bog‘liq. Jadid matbuotining vujudga kelishi o‘lkada milliy g‘oyalarning 
tarqalishida muhim rol o‘ynaydi. 
Milliy g‘oya va milliy mafkura tushunchalarini bir-biridan ajratish qiyin, ular 
o‘zaro yaxlit chirmashib ketgan. Milliy mafkura tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, 
milliy g‘oya uning o‘zagi hisoblanadi. Milliy mafkura milliy g‘oya tevaragida 
shakllanadi, u jamiyat va mamlakat hayotining madaniy-ma’naviy yo‘nalishlaridan 
tortib, to siyosiy qarashlargacha bo‘lgan barcha sohalarni qamrab oladi. Milliy 
mafkura milliy g‘oyani oziqlantiradi va uni mustahkamlaydi. Ular xalqning kelajakda 
qanday qadriyatlar asosida o‘z davlati va hayotini qo‘rmoqchi, buni qanday tasavvur 
etadi va o‘z kurashida nimalarga tayanadi degan tushunchalarga javob beradi. Sovet 
totalitar tuzumi davrida Turkistonni mustabid etish mafkurasiga qaysi g‘oyalar qarshi 
turgan va ular nimalarga asoslangan degan savolga milliy taraqqiyparvarlar va 
istiqlolchilik harakatlari g‘oyalari deb javob berish mumkin.
Jadidlarning milliy g‘oyasida quyidagi ikki masala asosiy maqsad qilib 
qo‘yilgan edi: birinchisi, xalqimizni dunyoning ma’rifatli millatlari darajasiga 
ko‘tarish; ikkinchisi, Turkistonda milliy-demokratik davlat qurish. Ularning davlat va 
jamiyat haqidagi qarashlarida bu ikki masala bir-biri bilan uzviy bog‘lanib ketgan. 
Chunki millat ma’rifatli bo‘lishi uchun o‘z yo‘li bilan o‘zgalarga tobe bo‘lmay 



Yüklə 73,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin