ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida tarixiylik va xolislik tamoyillariga suyangan holda,
qiyosiy – tarixiy, mantiqiy tahlil va davrlashtirish usullaridan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirish bilan o‘zining
ma’naviy qadriyatlarini va aqliy salohiyatini qayta tiklash davriga qadam qo‘ydi.
Davlatimiz qo‘lga kiritgan milliy mustaqillik matbuot sohasida ham o‘z aksini
topmog‘i kerak. Chunki maktabda amalga oshiriladigan tarbiyaviy jarayon maqsadi
davlat, ijtimoiy tarbiya maqsadlariga mos kelgan holdagina madaniy, ma’naviy,
iqtisodiy taraqqiyot ravnaq qaror topishi mumkin.
O‘tmish va kelajak bovasta qadamdir, deydi dono xalqimiz. Matbuot tarixining
o‘z so‘nmas yulduzlari, porlab turgan quyoshlari – buyuk siymolari mavjud. Zero,
tundan so‘ng tong otgani kabi ular asrlar osha hur tafakkur kuchlari bilan avlodlar
dardiga hamdard, yo‘llariga madad bo‘ladilar.
Yangi usuldagi maktab va maorif, ta’lim – tarbiya muammolarini ilgari surgan
jadidlar ana shunday ulug‘ insonlar bo‘lib, tarix maydonida ularning alohida o‘rni bor.
Jadidlar targ‘ib etgan g‘oyalar hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Suvning
“Uchinchi renessans: ilm-fan va
ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”
ISSN 2181-1784
221
w
www.oriens.uz
2021
December
tubiga cho‘kib ketgan marvariddek shaffof hur fikrlar, ilg‘or falsafiy, pedagogik
qarashlar bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda juda zarur va keraklidir.
Ayniqsa, yoshlarni go‘zal ong, go‘zal til, go‘zal qalb sohibi – komil inson sifatida
tarbiyalashda jadidlar faoliyatining ahamiyati buyuk va beqiyosdir.
Jadidchilik XIX asr oxiri XX asrning boshlarida Turkiston ziyolilarining xalq
orasida ozodlik, demokratiya, madaniy – ma’rifiy g‘oyalarini keng targ‘ibot qilish va
amalga oshirishga qaratilgan milliy taraqqiyparvarlik harakatidir. Ma’lumki,
“Jadidlarimiz siyosiy ishlar – haq-huquq, milliy davlat, hokimiyat masalalari bilan
muntazam shug‘ullandilar. Ayni paytda maktab – maorif isloh qilina boshlandi.
Milliy matbuot yo‘lga qo‘yildi. Teatr paydo bo‘ldi. Yangi adabiyot shakllandi, bir
so‘z bilan aytganda, yangi tafakkur maydonga keldi. Bu – millatning o‘zligini
anglash va mustaqillik mafkurasi edi. Bu hol, shubhasiz, millatning keyingi 3-4 asrlik
tarixiy taraqqiyotida misli ko‘rilmagan hol edi. Uning hayotida uzoq turg‘unlikdan
keyin yangi bosqich boshlanishiga dalolat edi”. Shu ma’noda aytishimiz mumkinki,
jadidlar matbuoti sho‘ro davridagi bir yoqlama mafkuraviy qolipdagi matbuot emas,
bu millatni kurashga, ma’rifatga otlantirgan matbuot edi. Jadidlar matbuoti
to‘g‘risidagi haqiqatning tiklanishi bevosita milliy istiqlolning ro‘yobga chiqishi
bilan uzviy bog‘liq. Jadid matbuotining vujudga kelishi o‘lkada milliy g‘oyalarning
tarqalishida muhim rol o‘ynaydi.
Milliy g‘oya va milliy mafkura tushunchalarini bir-biridan ajratish qiyin, ular
o‘zaro yaxlit chirmashib ketgan. Milliy mafkura tushunchasi keng qamrovli bo‘lib,
milliy g‘oya uning o‘zagi hisoblanadi. Milliy mafkura milliy g‘oya tevaragida
shakllanadi, u jamiyat va mamlakat hayotining madaniy-ma’naviy yo‘nalishlaridan
tortib, to siyosiy qarashlargacha bo‘lgan barcha sohalarni qamrab oladi. Milliy
mafkura milliy g‘oyani oziqlantiradi va uni mustahkamlaydi. Ular xalqning kelajakda
qanday qadriyatlar asosida o‘z davlati va hayotini qo‘rmoqchi, buni qanday tasavvur
etadi va o‘z kurashida nimalarga tayanadi degan tushunchalarga javob beradi. Sovet
totalitar tuzumi davrida Turkistonni mustabid etish mafkurasiga qaysi g‘oyalar qarshi
turgan va ular nimalarga asoslangan degan savolga milliy taraqqiyparvarlar va
istiqlolchilik harakatlari g‘oyalari deb javob berish mumkin.
Jadidlarning milliy g‘oyasida quyidagi ikki masala asosiy maqsad qilib
qo‘yilgan edi: birinchisi, xalqimizni dunyoning ma’rifatli millatlari darajasiga
ko‘tarish; ikkinchisi, Turkistonda milliy-demokratik davlat qurish. Ularning davlat va
jamiyat haqidagi qarashlarida bu ikki masala bir-biri bilan uzviy bog‘lanib ketgan.
Chunki millat ma’rifatli bo‘lishi uchun o‘z yo‘li bilan o‘zgalarga tobe bo‘lmay
|