“Uchinchi renessans: ilm-fan va
ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”
ISSN 2181-1784
220
w
www.oriens.uz
2021
December
Ключевые слова:
джадид, просвещение, газета, журнал, пресса,
освободительное движение, Туркестан, советский строй, нatsiональная идея.
KIRISH
O‘zbekiston mustaqillikka
erishgach siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalar
qatori matbuotga nisbatan ham yangicha munosabat yuzaga keldi.
Chunki jadidlar
matbuoti to‘g‘risidagi haqiqatning tiklanishi ham bevosita milliy istiqlolning
ro‘yobga chiqishi bilan uzviy bog‘liq. Zero, sobiq
mafkura tazyiqi ostida
matbuotimiz, xususan XIX asr oxiri hamda XX asrdagi milliy matbuotning
shakllanishi va rivojlanishi jarayonlari o‘rganilmagan edi.
Ta’kidlash joizki, matbuotning milliy uyg‘onishga da’vat minbariga
aylanishning ham o‘z tarixiy taraqqiyot yo‘li bor. Turkiston matbuoti tarixiga nazar
tashlaydigan bo‘lsak, mustamlakachilik davrida mustabid sho‘ro
tuzumi
mafkurachilari tomonidan jadidlar faoliyati millatchilik g‘oyasini ilgari surgan deb
qoralab kelingan. Jadidchilik oqimining mohiyatini
tubdan oydinlashtirish, sho‘ro
mafkurachilari tomonidan qo‘yilgan “ayb”lardan xalos qilish, ularning to‘g‘ri va
ilmiy bahosini berish uchun o‘zbek matbuoti XX asrning 80-90 yillarida maqolalar,
davra suhbatlarini berib bordi. Ayniqsa, mustaqillik davridagi
matbuot sahifalarida
jadidlar faoliyatini yoritishda jiddiy muammolarni ko‘tarib chiqqan maqolalar katta
o‘rin egallaydi.
Dostları ilə paylaş: