“Uchinchi renessans: ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” ISSN 2181-1784 223
w www.oriens.uz 2021 December Milliy taraqqiyparvarlar g‘oyasining muhim tarkibiy qismlaridan biri tarixiy
ongni rivojlantirish, tarixdan saboq chiqarish bo‘lgan. Abdurauf Fitrat 1917 yilda bu
haqida shunday yozgan edi: “Tarix millatlarning o‘tmishini, taraqqiyotini hamda
tanazzulining sabablarini o‘rganaturg‘on ilmdir”.
Turkistonning bu ilg‘or ziyolilari Turkistondagi idora usuli, boshqaruv
shakllari, davlatchilik nazariyasi va amaliyoti bilan faol shug‘ullandilar. Yosh
Buxoroliklar, yosh Xivaliklar partiyalari, “Sho‘roi Islomiya”, “Sho‘roi Ulamo”,
“Turon” va boshqa jamiyatlarning dasturlarida davlatchilik masalalariga alohida
e’tibor berilgan. Bu jadidchilikning ma’rifatdan siyosatga tomon yo‘l tutganligini
bildiribgina qolmasdan, balki jamiyatni tubdan o‘zgartirish, yurtimizda mustaqillikka
erishish uchun kurash boshlanganligini ham anglatar edi.
Xullas, tarixiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, bizning ota-bobolarimiz asrlar
davomida o‘z oilalari, muqaddas tuproqlari, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari va
an’analariga sodiq qolishni ulug‘ ish deb hisoblashgan. Bu dahlsiz urf-odatlarning
buzilmasligi uchun xalqimizning ming-minglab sodiq o‘g‘lonlari o‘z hayotlarini
qurbon qilganlar, yurt mustaqilligi uchun bo‘lgan janglarda shahid ketganlar.
Turkiston Rossiya tomonidan bosib olingan vaqtdan beri to‘xtamagan milliy-ozodlik
harakati xalqning milliy o‘zligini anglashida, o‘z Vatani va millatining ozodligi,
mustaqilligi uchun uning vatanparvarlik intilishlarini mustahkamlashda ulkan ta’sir
ko‘rsatdi. Bizga yaxshi ma’lumki, jadidlar islohotlarini bosqichma-bosqich amalga
oshirishni, tarqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo‘li bilan parlament orqali
erishishni mo‘ljallagan edilar. Ular o‘zbek xalqining o‘ziga xos milliy mentaliteti,
uning samimiyligi, bag‘ri kengligi, sabr-toqati, bardoshi va chidamini ham hisobga
olgan holda tinch yo‘l bilan hokimiyatni qo‘lga olishga intilgan edilar. Jadidlar
faoliyatidagi bu o‘ziga xos milliy g‘oya keyinchalik jahon ahamiyatiga molik
hodisaga aylanib, u Hindiston va boshqa mamlakatlardagi milliy-ozodlik kuchlari
yo‘l boshchilari tomonidan yanada rivojlantirildi.
Mahmudxo‘ja Bexbudiy tomonidan o‘rtaga tashlangan “Haq olinur, berilmas!”
shiori bugun millatning jangovar chaqirig‘iga aylandi. Har bir millat va mamlakat
xalqi o‘zining haq-huquqlarini kurash orqali qo‘lga kiritdi. Lekin, Behbudiy
mustaqillik uchun qon to‘kmasdan kurashish tarafdori edi. Parlament yo‘li bilan ko‘p
narsaga erishish mumkin deb hisoblardi.
Mustaqillik va ozodlik uchun, Turkistonda muxtoriyat o‘rnatish uchun
parlament yo‘li orqali kurashgan Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklar
tomonidan qonga botirildi. Turkistonda kommunistik mafkuraga tayangan mustabid