“Uchinchi renessans: ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” ISSN 2181-1784 224
w www.oriens.uz 2021 December sovet rejimi qaror topdi. Biroq, milliy mafkura va milliy g‘oya yurtimizda sovet
davrida ham o‘lmadi, u yashashda davom etdi.
XULOSA VA TAKLIFLAR Xulosa filib aytganda, jadidchilik milliy ozodlik kurashi jarayonida yuzaga
kelgan, o‘zbek halqi tarixida yangi sahifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat
bo‘lganligi bilan ajralib turgan. Ularning dunyoqarashida vatanparvarlik,
millatparvarlik, ma’rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik kabi g‘oyalar yetakchilik qilgan.
Jadid ziyolilari erk, istiqlolga erishish uchun milliy ongni o‘stirish zarurligini
payqadilar. Shu ma’noda ularning g‘oyalaridan va hayotiy pozitsiyalaridan
foydalanish muhim vazifalardan hisoblanadi. Jadid matbuotida ozodlikka,
mustaqillikka qon to‘kishlarga olib keluvchi turli to‘polon, qirg‘in-barot urushlar
bilan emas, balki aholining savodini chiqarish, ularning ma’rifatini ko‘tarish orqali
qaramlikdan qutulish g‘oyalari ilgari surilgan. Mazkur g‘oyalarni hozirgi zamon
ruhiyatiga moslashtirgan holda rivojlantirish zarur.
XX asr boshlarida ijtimoiy-siyosiy va ahloqiy muammolar jadid matbuotida
keng o‘rin oladi. Jumladan, “Taraqqiy”, “Sadoi Turkiston”, “Ulug‘ Turkiston”,
“Turon”, “Xurshid” singari gazetalarda e’lon qilingan hajviy va publitsistik asarlarda
o‘sha davr boyonlarining qoloqligi, chor ma’muriyatining to‘rachiligi, paranjining
yangi zamonga mos kelmayotgani, talabalarga 5 so‘m iona (ehson) qilish o‘rniga,
besh yuzlab so‘mni restoranlarda foxishalarga sochayotgan ahloqsiz sarmoyadorlar
qattiq tanqid ostiga olinadi. Maxmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori
Abdurashidxonov, Hamza, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev, Abdurauf Fitrat,
Abdulla Qodiriy, Abdulxamid Cho‘lpon kabilar chiqishlarida mazkur muammolarni
dadil ko‘tarib chiqdilar va yuqoridagi nashrlarda o‘z publitsistikasi bilan ham faol
ishtirok etganlar. Shuning uchun mamlakatimiz va xorij arxivlarida saqlanayotgan
bunday milliy matbuot durdonalarini tadqiq etish muhim ahamiyatga ega. Jadid
matbuotida qanday odamlar millatga foyda keltirishlari mumkinligi haqida ko‘p fikr
yuritganlar. Ular kasblar va hunarlarning o‘ziga xosliklarini chuqur tahlil qilib,
kishilarning tabiatlarini ham o‘rganganlar.
Jadidlarning nodir ilmiy-ijtimoiy merosini, serqirra faoliyatini, mazkur
mezondagi boy maqolalarini chuqur o‘rganish va hayotga tadbiq etish borasidagi aniq,
istiqbolli takliflar, g‘oyalar tizimi majmuini ishlab chiqish muhim deb hisoblayman.
REFERENCES 1.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.
– T.:O‘zbekiston, 2017.