49
Aylanuvchi moddalar hisobidan har xil changlar ishlatiladi: kuydirish,
mo‘ri nishi, qozon-sovutkich, konverter va boshqalar. Ularda misning tarkibi 9,86
dan 44,6 % ga yetadi. Bundan tashqari changda rux, qo‘rg‘oshin, temir,
oltingugurt, kremniy dioksidi, alyuminiy va kalsiy oksidlari mavjud.
Changlar yallig‘ pechda qayta ishlanadi. Ularning zarralari o‘ta mayda
bo‘lganligi sababli chang texnologik
gaz bilan qisman chiqib ketib, yangidan
aylanuvchi modda bo‘lib qoladi. Bu esa katta hajmdagi misning foydasiz aylanib
yurishiga olib keladi.
Mis eritish zavodlarida har xil xomashyo tayyorlash usullari ishlatiladi.
Ulardan eng keng tarqalgan usul – xomashyo komponentlarini tasmali konveyer-
larda aralashtirishdir. Maxsus bunkerlardan boyitma,
flus va aylanuvchi moddalar
tarozilardan o‘tgach, yig‘ma konveyerga yuklanadi. Harakatlanish davrida, qayta
yuklash pog‘onasida va yallig‘ pechning bunkerida xomashyo komponentlari
yaxshi aralashtiriladi. Bunday tizim
qulay va kam xarajatlidir, lekin xomashyo
tarkibini bir xil ushlab turish qiyin kechadi.
Eng yaxshi xomashyo tayyorlash usuli – bedingtizimidir. Xomashyo
komponentlari qatlam-qatlam joylashtirilib, konveyerning
vertikal kesimi bilan
olinib, transporterga beriladi. Bunday tizim Yaponiyada keng qo‘llaniladi. Tizim
har xil komponentli moddalar ishtirokida xomashyo tayyorlashga imkon yaratadi.
Xomashyoning tarkibi yetarli darajada bir xil bo‘ladi. Masalan, Yaponiyada 40 ga
yaqin birikmadan foydalanilib, xomashyoda misning tarkibi 0,54 % o‘zgarishi
mumkin xolos. Ammo Olmaliqda bunday tizim qo‘llanilmaydi, chunki ko‘p
miqdorli kapital mablag‘ kerak bo‘ladi.
Zamonaviy mis eritish zavodlarida yallig‘ qaytaruvchi eritish pechiga
qisman quritilgan (5–8 % N
2
O) xomashyo yuklanadi. Kuydirilmagan boyitmani
ishlatishda xomashyoning issiqlik iste’moli ortadi, transport
va yuklash sharoitlari
og‘irlashadi hamda ishlab chiqarish unumdorligi pasayadi. Yallig‘ qaytaruvchi
eritish pechiga kuydirilgan boyitma (ogarok) yuklash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: