43
1.4.Yallig‘-qaytaruvchi pechda eritiladigan mis xomashyosining tavsifi va
uni eritish jarayoniga tayyorlash
Birinchi yallig‘ qaytaruvchi pechlar XIX asrning oxirlarida Uels
hududida
paydo bo‘lgan. Bor-yo‘g‘i 8m
2
maydonni egallagan ushbu eritish pechi mayda
bo‘laklardan iborat bo‘lib, toshko‘mirning yonishi natijasida qizitilgan edi.
Yonilg‘ining ko‘p sarflanishi, unumdorlikning
pastligi bu eritish pechini
o‘zgartirishga va uni takomillashtirishga olib keldi. Nihoyat, AQSH ning
Anakonda hududida uzunligi 40–50 m bo‘lgan pech ishga tushirildi. Pechning
uzunligi o‘sishi
bilan eni, balandligi ham orta bordi. Va nihoyat, bugungi kunga
kelib, bir me’yorda sutkasiga 1000–1500 ming
tonna qattiq holdagi shixta
qorishmasini qayta ishlaydigan pechlar ishga tushirildi. Ularning o‘lchamlari
quyidagicha: uzunligi 30–33 m, eni 8–10 m, umumiy ish eritish maydoni 240–
300m
2
. Eng katta yallig‘ qaytaruvchi pech AQSH “Garfild” zavodida joylashgan
bo‘lib, uzunligi 37,5 m, eni 6,6 m va eritish maydoni 435 m
2
ni tashkil etadi.
Hozirgi zamonaviy yallig‘ qaytaruvchi pechlarning ilgarigi pechlardan
tubdan farq qiluvchi asosiy tavsiflari quyidagilar:
- pechkaning hamda shixta qorishmasini
yuklash tizimining takomil-
lashganligi;
- pechning kapital ta’mirlash muddati uzayganligi;
-o‘tga chidamli, olovbardosh g‘ishtlarning terilishini mustahkamlash va
pech ortiga gaz hamda changni (utilizatsiya) sovutish
va tozalash uskunalarining
o‘rnatilganligi va hokazolardir.
2005-yilgi ma’lumotga ko’ra хorijiy davlatlarda 49 ta mis zavodida
boyitma yallig‘ qaytaruvchi pechlarda eritib kelinmoqda. Bularning hisobida 80
ga yaqini yallig‘ qaytaruvchi eritish pechi, shundan 35
tasi AQSH zavodlarida
to‘liq ishlamoqda. MDH mamlakatlarida, Balxashmis sanoat birlashmasida,
Krasnouralsk
mis eritish kombinatida, Olmaliq TMKda va boshqa mis eritish
zavodlarida ham mavjud. Hozirgiko‘pgina zamonaviy pechlarning balanddan,
qubbadan texnologik kislorod yordamida qiyaligining
qizdirilishi pech
44
unumdorligining ortishiga olib keladi. Pech qora moy (mazut) yoki tabiiy gaz
yoki ikkalasining aralashmasida ishlash qobiliyatiga ega.
1.7-rasmda ko‘rsatilganidek, yallig‘ qaytaruvchi pech gorizontal holatda
joylashgan. Issiqlik agregati quyidagi asosiy qismlardan iborat:
poydevor ostki
qismi, yon, orqa va old devorlari, qubba temir sinch va gaz mo‘risi.
Dostları ilə paylaş: