A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov


-rasm.Vanyukov pechi (VP)(Suyuq vannada eritish pechi)



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

1.5-rasm.Vanyukov pechi (VP)(Suyuq vannada eritish pechi). 
Quyida yirik rivojlangan mamlakatlarda keng miqyosda qo‘llanilib kelayotgan 
eritmada boradigan avtogen jarayonlar haqida qisqacha ma’lumot bermoqchimiz. 
Ularning tarkibiga Kanadaning “Noranda Mayns” kompaniyasi ishlab chiqqan 
“Noranda” eritish pechi, muhandis Uorkraning “Konzink Riotinton” (Avstraliya) 
firmasi tomonidan 1967-yili ishlab chiqilgan “Uorkra” jarayoni hamda butun 
dunyoda mashhur bo‘lgan Kanadaning “Timmins” zavodi, Yaponiyaning 
“Onaxama” va “Naosima” zavodlarida qo‘llanib kelinayotgan “Mitsubisi” 
jarayonlari kiradi. Ushbu jarayonning umumiy ko‘rinishi 1.5-rasmda berilgan. 
“Naosima” zavodida ushbu jarayon bilan ishlab turgan eritish majmuining 
unumdorligi ko‘proq eritish pechining ishlashiga, uning tuzilishiga bog‘liqdir. 
Umumiy diametri 10,2 va 7 metr, balandligi 2 metr, vannasining chuqurligi 800 
mm, toshqol vannasining chuqurligi esa 20–30 mm bo‘lgan oval shaklidagi eritish 
pechi to‘la avtogen holda ishlaydi. Jarayon tarkibida 45 % gacha kislorodi bo‘lgan 


40 
havo bilan purkash natijasida eng yuqori qavatlardan biriga joylashgan eritish 
pechida boradi. Shixta qorishmasi 1% gacha yaxshilab quritilgach, tarkibida mis 
boyitmasi, kvars, ohaktosh, konverter toshqoli bo‘lgan birikma pechga yuklab 
turiladi. Shixta qorishmasining to‘xtovsiz yuklatilishi natijasida uzluksiz 
eritmaning 65% misli shteyn hamda 30–35% kremniyli toshqol aralashmasi 
birgalikda pastki qavatda joylashgan pechga yopiq nov orqali quyilib turadi.
 
Solishtirma unumdorlik eritish pechida sutkasiga 10 t/m
2
ni tashkil etsa-da, lekin 
bu ko‘rsatkichni texnologik havoning tarkibidagi kislorodni ko‘paytirish yo‘li bilan 
ikki barobarga orttirish mumkin. 
Keyingi agregat 25 kv. metr maydonni tashkil etgan elektr pech uchta elektrod 
bilan ta’minlangan bo‘lib, suyuq toshqol vannasining chuqurligi 600 mm ni tashkil 
etadi. Toshqol tarkibidagi misni kambag‘allashtirish uchun ba’zan koks qo‘shib 
turiladi. Bu yerdan olingan shteyn to‘g‘ri suyuq holida yana yopiq nov orqali 
pastki qavatda joylashgan konverter pechiga quyiladi. 


41 
Ikkinchi mahsulot esa tarkibida Cu – 0,5% bo‘lgan va SiO
2
– 30–35%dan iborat 
bo‘lgan toshqol alohida uskuna yordamida qumoqlashtirilib, so‘ng maxsus 
tashlanma joyga chiqarib tashlanadi. 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin