38
kabi mamlakatlar ham juda katta mis koni zaxiralari
hamda yuqori texnologiyada
ishlaydigan agregatlari tufayli yetakchi mis ishlab chiqaradigan mamlakatlar sirasiga
kiradi. Asrimizning eng taraqqiy etgan eritish pechlari qatorida avtogen jarayonlarni
o‘z ichiga olgan pechlar haqida ma’lumot bermay ilojimiz yo‘q.
Barcha avtogen eritish agregatlarining paydo bo‘lishiga ham asosiy sabab –
boyitish usullarining o‘ta taraqqiy etganligidir. Chunki boyitishdan so‘ng olingan
mis boyitmalari mayda, kukun holida bo‘lib, avval yallig‘
qaytaruvchi pechlar,
keyin elektr pechlari va nihoyat, avtogen eritish pechlarining paydo bo‘lishiga olib
keldi.
Avtogen jarayon aslida bugun yoki kecha o‘ylab topilgan yangi jarayon emas.
O‘z-o‘zidan issiqlik chiqishi bilan boradigan jarayonlar qariyb 100 yildirki sulfidli
va oksidli boyitmalarni oksidlovchi kuydirish jarayonida, shuningdek,
misli-
nikelli shteynlarni konvertorlash jarayonida ham keng qo‘llanib kelinmoqda.
Bunda sulfidli birikmalarning oksidlanishi, parchalanishi mobaynida yuqori
haroratning ajralib chiqishi natijasida boradigan jarayon
XX asrning boshidayoq
sanoat miqyosida keng qo‘llanilgani texnologiya tarixidan yaxshi ma’lum .
Avtogen eritish texnologiyasini, umuman olganda,
oksidlovchi jarayon ham
deyish mumkin. Avtogen jarayonlarda issiqlik almashuvi, massa almashuvi hamda
issiqlikning uzatilishi boshqa pechlarga qaraganda umuman boshqacha bo‘lishi
kuzatilgan, ya’ni oqova gaz harakat yo‘nalishi toshqolning erish haroratiga
nisbatan yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ham issiqlikning yo‘qolishi, ya’ni oqova
gaz bilan
tashqariga chiqib ketishi, biroz bo‘lsa-da, yuqoriroqdir. Yonilg‘ilar,
yoqilg‘i resurslarining yildan-yilga kamayib ketishi va elektr energiya narxining
ortib turishi avtogen jarayonlarning mavqeini yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarib kel-
moqda. Chunki avtogenli agregatlarga deyarli yoqilg‘i yoki qizitish uchun elektr
energiyasi berilmaydi. Haroratni orttirish uchun ko‘pincha pechga oksidlash uchun
purkalayotgan havo yoki texnologik kislorod qizdirib beriladi.
39
Shunday pechlar sirasiga kirgan Vanyukov pechi XX asrning o‘rtalarida taklif
etilgan. Keyinchalik 90-yillarga kelib,
u sanoatda keng ishlatilib, suyuq vannada
eritish (ya’ni Vanyukov) pechi nomini oldi. 1.5-rasmda “Vanyukov pechi”ning
umumiy ko‘rinishi tasvirlangan. Bu pech haqida keyingi bo‘limlarda batafsil so‘z
yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: