A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

 


30 
1.2-jadval 
Ayrim rivojlangan mamalakatlarning zavodlarida qayta ishlanayotgan mis 
boyitmalarining flotatsion tarkibi 
Korxonalar 
Cu 
Fe 

Zn 
“Garfild” (AQSH) 
29,2 
29,2 
31 

“Morensi” (AQSH) 
27,2 
26,2 
37,6 

“Xeyden” (AQSH) 
28,36 
31 
39,6 

“Norddoyche Affineri” (Germaniya) 
30,5 
30,2 
35,5 

“Onaxama” (Yaponiya) 
23,6 
22,8 
27,2 
4,1 
“Xitachi” (Yaponiya) 
17,2 

32,7 
3,4 
“Mufulira” (Zambiya) 
49-52 
9-10 
20,9 

“Maunt-Ayza” (Avstraliya) 
24,3 
28,5 
32 

“Balxash KMK” (Qozog‘iston) 
26-27 
15 
23 
1,4-1,5 
“Olmaliq TMK” (O‘zbekiston) 
19 
30-31 
35 
0,1-0,7 
Sredneuralsk mis eritish zavodi (SMEZ) 
(Rossiya) 
17,5 
30 
35 
6,5 
“Norilsk NKM” (Rossiya) 
24-29 
30-34 
28-31 

 
Xomashyo va shixtalarni tayyorlash hamda uzatish 
Hozirgi paytda xomashyo kimyoviy tarkibining tez-tez o‘zgarib turishi, misli 
ashyo yoki boyitmani o‘tkazib beradigan korxonalarning bir me’yorda ishlamasligi 
ko‘pgina qiyinchiliklarga olib kelmoqda. Chunki eritish pechlaridan olingan 
mahsulotning sifati va undan olinadigan iqtisodiy samara hamda boshqa iqtisodiy-
texnik ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishi, asosan, shixta tayyorlash jarayoniga 
bog‘liq.
Shuning uchun ham har qanday mis eritish zavodlarida, ilmiy tadqiqot 
loyihalashtirish institutlarida ashyolarni eritishga tayyorlash muhim metallurgik 
jarayonlardan biri deb qaraladi. Tarkibida ajratib olishga moyilligi bor metalli 


31 
ashyolar, ya’ni qaytar ashyo, chang, kvarsli fluslar, mis boyitmasidan iborat 
bo‘lgan ashyolar qorishmasi 
shixta
deb ataladi. Shixta tarkibiga qanday holatda 
(qattiq, suyuq, gazsimon) bo‘lishidan qat’i nazar, yonilg‘ilar kirmaydi. 
Shixtaning sifatiga, asosan, quyidagi talablar qo‘yiladi: 
1) kimyoviy tarkibining doimiyligi; 
2)kimyoviy, mineralli va qumoqlik tarkiblarining bir toifaliligi; 
3) shixta birikmalarining eng qulay va afzal yirikligi; 
4) eritish uchun bo‘lgan qulay namligi; 
Metallurgiya agregatlarining qat’iy bir maromda ishlashi uchun yuqoridagi 
ikkita talab muhim ahamiyatga ega. Metallurgiya sanoati sharoitida har kuni 
yuzlab, minglab tonna xomashyo qayta ishlatilganda, ular tarkibining doimiyligi, 
xomashyoning bir me’yorda berib turilishi ta’minlanishi zarur. 
Qayta ishlanayotgan shixtaning yirikligi esa qaysi jarayon va qaysi pechda 
borishiga bog‘liq. Yallig‘ qaytaruvchi pech uchun shixta yirikligi 2–5mm.dan 
ortmasligi kerak. Kislorodli-mash’alli pech uchun esa 0,1 mm dan yuqori 
bo‘lmasligi lozim. 
O‘z navbatida shixtaning namligi ham texnologik jarayonning borishiga o‘z 
ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Yallig‘ qaytaruvchi pech uchun 5–8% namlikdagi 
shixtalarni ishlatish mumkin bo‘lsa, kislorodli-mash’alli pechlarda esa shixta 
quvurli quritkichlarda qayta quritiladi va namligi 0,5% ga yetganda pechga havo 
orqali purkaladi. 
Hozirda shixta tayyorlashning ikkita usuli keng qo‘llanib kelinmoqda. Bular 
mexanik va kimyoviy usullardir. Mexanik usulga quyidagi jarayonlar majmui 
kiradi: 
1)Rudalarni, kvarsli fluslarni, qaytar ashyolarni tarkibida misga boy bo‘lgan 
konverter toshqollari bilan tegirmonda maydalash va yanchish. 
2)Xomashyolarning yirikligiga qarab saralash yoki g‘alvirlash. 
3)Rudalarni boyitish; 
4)Ashyolarni va materiallarni saqlash hamda ularni joylashtirish; 
5)Shixta qorishmasini tayyorlash; 


32 
6)Shixta qorishmasining namligini qochirish yoki namlantirish. Ayrim 
jarayonlarga namli yoki o‘ta namli shixta talab qilinadi; 
7)O‘ta mayda shixta birikmalarini yiriklashtirish;
Mexanik tayyorlash mobaynida xomashyolar yoki shixtaning elementar 
mineralogik tarkibi o‘zgarmaydi. Faqat uning tarkibidagi ajratib olinishi kerak 
bo‘lgan ma’danlar bilan nokerak tog‘ jinslari orasidagi nisbat yoki uning 
qumoqligi, mayda-yirikligi hamda namligi o‘zgarishi mumkin. 
Kimyoviy usul esa ashyolarning kimyoviy va fazali tarkibining o‘zgarishi bilan 
boradi. Kimyoviy usul bilan tayyorlash deyilganda, ko‘proq pirometallurgiya 
jarayoni, ya’ni sulfidli ashyolarni oksidlovchi kuydirish yo‘li bilan pechlarda 
eritish yoki gidrometallurgiya usuli bilan tanlab eritishga tayyorlash tushuniladi. 
Mis ashyolarini tayyorlash, ulardan vaqtida o‘rtacha namuna olib, zaxirada 
ma’lum miqdorda ushlab turish shixta tayyorlashning asosiy omillaridan biridir. 
Zaxirada xomashyoning hech bo‘lmaganda 20–30 kunga yetadigan miqdorda 
bo‘lishi, nafaqat korxona eritish agregatlarining bir me’yorda ishlashini 
ta’minlaydi, balki rejadagi misni va qimmatbaho metallarni olishga sarf qilingan 
xarajatlarni qoplashga olib keladi va ishlab chiqarishning unumdorligini oshiradi. 
Shixta qorishmasini tayyorlash ombori bir qancha zovurlardan hamda shixta 
uchun mo‘ljallangan bo‘linmalardan iborat bo‘lib, ularga shixta qorishmasi alohida 
yuklanadi. Kerak bo‘lganda osma yuk ko‘targich mashinalar yordamida ashyo 
olinib, xampalar (bunker) orqali shixta uzatkich tasmaga, undan so‘ng shixta 
qorishmasi uchun mo‘ljallangan xampaga yuklanadi. Shixta qorishmasining sifatli 
tayyorlanishi va yaxshi aralashtirilishi metallurgik jarayonga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi. Umuman, jarayonning borishi davomida misning kam yo‘qolishi, 
unumdorlikning ortishi, jarayonning bir tekisda bo‘lishi shixta qorishmasining 
tayyorlanishiga bog‘liq. Shixta qorishmasini tayyorlash, saqlash hamda jarayonga 
uzatish mexanizatsiyalashgan qatlamli shtabel orqali xomashyo omboriga olib 
boriladi. Mexanizatsiyalashgan shixta saqlanadigan va jihozlangan joy yopiq 
omborxonadan iborat bo‘lib, shixta qorishmasini uzatish, saqlash va jarayonga 
yetkazib berishga mo‘ljallangan uskunalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Har bir 


33 
bo‘limga ashyolar qatlam holida, uloqtiruvchi aravachalar orqali uzatiladi. Shixta 
qorishmasidan shtabel holida 8000 tonnagacha uyum hosil qilingach, shixta 
qorishmasini uzatib berib turuvchi mashina orqali zich qatlam yumshatilib, 
bo‘shatilib, g‘ovaklanadi va kerakli konveyerga sochib beradi. Tayyor bo‘lgan 
qorishma zovurga uzatiladi. Tashigich transporter tasma orqali uzatilayotgan shix-
taga boshqa tasma orqali xomashyo (kvars, qaytaruvchi, chang) bir me’yorda 
qo‘shib turiladi. Transporter uzatish tasmalari orqali bir ashyoning ikkinchi 
ashyoga qo‘shilishi natijasida xomashyolar yaxshilab qorilib, metallurgik 
jarayonga uzatiladi. Metallurgik jarayonga borgunga qadar avtomatlashtirilgan 
tarozi orqali o‘tayotgan mahsulot hajmi va miqdori yozib boriladi. 
Shixta qorishmasini tayyorlashning xampalar orqali tayyorlanadigan usuli ham 
keng qo‘llanib kelinmoqda. Bu usulda shixta xampalarda alohida saqlanadi va 
uning ostida tinimsiz o‘tib turgan transporter tasmaga oldindan hisoblangan 
miqdorda ashyo qatlam bo‘lib tushadi. Shixta qorishmasi transporter tasmalarda 
aralashadi va hosil bo‘lgan tayyor shixta metallurgik jarayonga yuboriladi. Tayyor 
bo‘lgan shixtani yallig‘ qaytaruvchi eritish pechiga jo‘natish mumkin, lekin 
hamma pechlarga ham bu usullar bilan tayyorlangan shixtani yuklab bo‘lmaydi. 
Ba’zi bir pechlarga maxsus qayta quritilgan, o‘ta maydalangan shixta uzatilishi 
kerak, ya’ni Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatidagi kislorodli-mash’alli eritish 
pechiga o‘ta maydalangan hamda shixtaning namligi 0,5 %dan iborat bo‘lgan 
qorishma kerak bo‘ladi. Qayta quritish jarayoni tabiiy holda, ya’ni ochiq havo va 
termik harorat ostida olib borilishi mumkin. Muallaq holatda eritish uchun shixta 
qorishmasi termik quritishdan o‘tishi shart. Quritish jarayoni asosan quyidagi 
usullar bilan olib boriladi: 
1)Quritkichlar ostida qorishmalarni, materiallarni quritish; 
2)Quvurli baraban pechlarida tinimsiz xomashyolarni aralashtirib turish 
mobaynida yonuvchi gazlar orqali quritish; 
3)Shixtani issiq gazlar oqimiga qarama-qarshi qilib o‘tkazganimizda muallaq 
holdagi namlikni bug‘lantirish orqali quritish; 


34 
4)Maxsus quvurlarda quritish. Bu uskuna yuqori unumdorligi va namlikni to‘la 
yo‘qotishgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga olganligi bilan boshqalardan farq 
qiladi; 
 
Hozirgi kunda texnika taraqqiyoti yuksak darajada shunchalik tez va eng 
zamonaviy elektron texnikalar bilan jihozlangan holda rivojlanmoqdaki, bu esa o‘z 
navbatida, mis olish texnologiyasiga ham o‘zining kuchli ta’sirini o‘tkazmoqda. 
Mis olish, uning xomashyolarini qayta ishlash qadimdan yo‘lga qo‘yilganligi, 
miloddan oldingi asrlarda ham bizning hududimizda mis rudalari qazib olinganligi 
oldingi bo‘limlarda ta’kidlab o‘tilgan edi. 
Arxeologik qazilmalar va ayrim tarixiy manbalar shuni ko‘rsatadiki, qadimiy 
Iloq viloyatining poytaxti Tunkentda, To‘qkentda (Pskent tumani, hozirgi Qirqqiz 
jamoa xo‘jaligida), Qurama tog‘ tizmalarida misli hamda qo‘rg‘oshinli, oltin va 
kumushga boy rudalar qo‘l mehnati orqali qazib olinib, ba’zan alohida boyitilib, 
ba’zan esa boyitilmasdan pechlarda eritilgan. Taxminlarga qaraganda, VI asrgacha 
mis va oltin boyitilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri eritilgan. Mis, oltin izlovchilar tomo-
nidan konlarda yerosti va yerusti usuli bilan ularni rangiga qarab (mis qizg‘ish, 
oltin sarg‘ish rangda bo‘lgan) o‘tkir bolg‘acha va teshalar bilan ajratib olingan. 
Ayrim joylarda toshlarni yuqori alangada qizdirib, so‘ng suv sepib, minerallarni 
darz ketkazish yo‘li bilan parchalab, eritish pechlariga olib keltirilgan. Bu eritish 
pechlari uchun avvaliga yerni 1–2 metr o‘yib, yon tomonlariga, chekkalariga, 
mo‘rilariga o‘tga chidamli toshlarni terib, havo berish orqali eritish jarayonini 
amalga oshirganlar. 
VIII – X asrlarga borib nafaqat erkin holdagi mis, balki oksidlangan holdagi 
mislar ham ishlatiladigan bo‘ldi. Sabab, oksidlangan mis xrizokola, malaxit, 
kuprit, azurit holatida bo‘lib, ular konning ustki qatlamida joylashadi va boshqa 
tog‘ jinslariga nisbatan o‘zining rangi orqali ajralib turadi. 
Pechlar esa biroz hajmi kengaytirilib, yer ustida poydevor qurilib, so‘ng o‘tga 
chidamli g‘ishtlardan terilgan. Ularni hozirgi minorali pechlarga, biroz bo‘lsa-da, 
o‘xshatish mumkin. 


35 
X–XII asrlarga kelib Shosh, Iloq davlati mis, oltin, kumushni nafaqat metall, 
balki qotishma holida, tanga, zeb-u ziynat holida tayyorlash bo‘yicha butun O‘rta 
Osiyoda yuqori o‘rinlardan birini egallaydi. Tozaligi va sifatliligi jihatidan bu 
davlat butun Mo‘g‘uliston, Arab mamlakatlari hattoYevropaga ham aynan shu 
metallar orqali tanildi. 
Mo‘g‘ullar davri va undan keyingi davrlarda metalni eritib olish juda kam 
amalga oshirilgan. Yozma ma’lumotlarga suyangan holda shuni aniqlash 
mumkinki, Petr I davrida Rossiyada metallurgiya, ayniqsa, qora metallurgiya 
nihoyatda rivojlanib, dunyoda birinchilar qatoridan o‘rin egallagan. 
1920–1930-yillarga kelib esa metallurgiya asta-sekin qayta tiklanib, rangli, 
so‘ng nodir va qimmatbaho metallar ajratib olish yo‘lga qo‘yila boshlandi. 
Bir vaqtlar 80–90 % mis aynan yallig‘ qaytaruvchi eritish pechida qayta 
ishlanib, bu usul dunyo bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelgan bo‘lsa, 
hozirgi kunda ushbu usul zamonaviy talablarga javob berolmay qoldi. Lekin 
shunday bo‘lsa-da, AQSH, Kanada, Finlandiya va MDH mamlakatlarining 
ko‘pgina eritish korxonalarida haligacha ishlab turibdi. 
Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechining qariyb sakson yildirki texnologiyadan 
chiqib ketmasligining sababi bor, albatta. Ulardan eng asosiysi, har qanday 
namlikda, ashyoning yirikligi, hatto uning tarkibi, pechning iqtisodiy 
ko‘rsatkichiga unchalik ta’sir qilmaydi.
Shuningdek, suyuq holdagi konverter toshqollariga qayta ishlov berish imkoni 
ham mavjud. 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin