151
Qayta ishlashga kelgan rux byitmasining taxminiy tarkibi, %: 45-60 Zn;
29-35 S; 6-12 Fe; 1,5-5,0 Al
2
O
3
; 0,2-4,4 Pb; 0,1-3,0 Cu; 0,4-3,0; SiO
2
; 0,5-1,5
CaO; 0,2-1,0 MgO; 0,25-0,8 Cd; 0,01-0,4 As; 0,01-0,3 Sb, 20-160 g/t Ag va 0,5-
10 g/t Au.
Shixta pechga quruq yoki bo‘tana shaklida yuklanadi.
Tashqaridan
keltirilgan va tarkibi yaqin bo‘lgan boyitmalar quruq shaklda qo‘llaniladi. Agarda
rux zavodi boyitish fabrikasi yonida bo‘lsa, yoki boyitmalarning tarkibi katta farq
qilsa, bo‘tana shaklda yuklash maqsadga muvofiqroq bo‘ladi.
Quruq shixta olish uchun boyitmalar bir xil tarkibdagi shixta olish
maqsadida aralashtiriladi va quritish barabanida qoldiq namlik 6-8 %
gacha
quritiladi.
O‘zbekiston rangli metallurgiyasida rux boyitmalarini kuydirishda silindrik
shakldagi «QQ» pechlari keng tarqalgan. Ularning tubini maydoni 34 m
2
,
forkameralar maydoni 1,5 m
2
, balandligi – 10 m, kuydirilgan moddani ajralib
chiqish balandligi 1,0-1,2 m. Soplardagi teshiklar kesimi maydoni, podning
maydoniga nisbatdan 0,8-1,0 % tashkil qiladi.
Kukunsimon sulfidli rux boyitamlarini “QQ” echida kuydirishda boyitma
muallaq holda bo‘lishi uchun, pechga beriladigan gazning tezligi 10-12 m/sek
tashkil etadi.
Gazning tezligini oshirish, ortiqcha chang ajralib chiqishiga olib
keladi. Agarda gazning tezligi pastroq bo‘lsa, shixta moddalari mallaq holatda
ajralib chiqib, soplolarga cho‘kib qoladi.
«QQ» pechini normal ishlashi uchun uning
hajmida issiqlik balansini
ushlab turish kerak. Issiqlikni taqsimlanishi, %: texnologik gazlar bilan 60 %;
chang va devor orqali sarflanishi 20 %. Issiqlikni qolgani mahsus moslama
yordamida
pechdan chiqarilishi kerak, aks holda issiqlik to‘planib moddani o‘ta
qizishiga olib kelishi mumkin. Ortiqcha issiqlik mahsus trubkali kesson orqali
pechdan tashqariga chiqariladi (3.3-rasm).
Texnologik gazlar kotel – utilizator orqali o‘tkaziladi. Bu dastgohda
issiqlikning 55 % bug‘ olishga ishlatiladi. Qolgan issiqlik isrof bo‘ladi Kotel-
152
utilizator yuqori ko‘rsatgichli bug‘ ishlab chiqaradi (400-565
o
S, 4,5 - 6,0
mPa va
1,1-1,4 t/t boyitmaga).
Pechga beradigan havoni hajmi nazariya hisobotlardan kelib chiqadi va
1500-1600 m
3
/t boyitmaga to‘g‘ri qiladi. Havoning ortiqcha berilishi 20-30 % (=
1,2 / 1,3).
Kuydirish pechini normal ishlashi uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak:
1) shixtaning mineralogik tarkibini va o‘lchamlarini doimiyligi va qatlamga
bir xil tezlikda yuklanishi;
2) havoni pech tubi maydoni bo‘yicha bir xil taqsimlanishi;
3) pech hajmiga beriladigan havoning doimiy bosimi;
4) pechning ishchi hajmida va boshqa dastgoxlarda o‘zgarmas bosim
bo‘lishi.
Sanoat ishlab chiqarish sharoitida qaynar qatlam havoning 15-16 kPa
bosimida paydo bo‘ladi. Bulardan 4-5 kPa li pech tubining
gidravlik qarshiligini
bartaraf qilishga sarflanadi. Demak «QQ» pechining gidravlik qarshiligi taxminan
10 kPa ni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: