A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

3.3-jadval 
t,C 
800 
900 
1000 
1100 
1150 
1200 
P, kPa 
0,04 
0,38 
1,21 
5,13 
10,5 
19,8 
Rux konsentratini kuydirishda kadmiya bug‘ holatiga uchishi 5-7 % 
oshmaydi. 
Tiklanish jarayonida kadmiy rux bilan birga quyidagi reaksiyalar natijasida 
bug‘ shaklga o‘tadi: 
CdO + SO = Cd
gaz
+ SO
2
(3.65) 
CdO + S = C
gaz
+ SO (3.66) 
Kadmiyni oksiddan tiklanishi, rux oksidiga nisbatdan, pastroq haroratlarda 
o‘tadi.. 
 
 


183 
3.4-jadval
Har xil haroratlarda kadmiy bug‘ shaklga o‘tishida bosimi: 
t,C 
200 
300 
400 
500 
600 
700 
800 
P, kPa 
0,04 
5,7 
160 
1,8∙10
3
11,1∙10
3
83,5∙10
3
144∙10
3
Kadmiy, ruxga nisbatdan, qiyinroq kondensatsiyalanadi. Shuning uchun 
rux bilan birga faqat 60-80 % kondensat holatiga o‘tadi, qolgan 20-40 % esa 
chiqindi va yarim mahsulotlarga o‘tadi. 
Kadmiy olishda asosiy xomashyo rux ishlab chiqarishdagi yarim 
mahsulotdir. Bu yarim mahsulotlarda xom ashyo bilan kelgan kadmiy to‘planadi.
Ruxni gidrometallurgik qayta ishlashda kadmiy mis – kadmiy kekiga 
o‘tadi. (3 – 12% Cd). Kadmiy xomashyosi hisobida qo‘rg‘oshin (0,5 – 0,6% Cd) 
va mis zavodlarning ( 0,2 – 0,5% Sd) changlari ham hisoblanadi. 
Mis – kadmiy kekini qayta ishlash
Mis kadmiy keki murakkab xomashyo hisoblanib o‘z tarkibiga quyidagi 
elementlarni kiritgan, %: 2,5 – 12 Cd, 35 – 60 Zn; 4 – 17 Su; 0,05 – 2,0 Fe; 0,05 – 
0,20 lardan Sb, SiO
2
, Co, Ni, Te, Jn. Asosiy komponentlar (Cd, Zn, Cu) kekda 
metallik, oksid va asosli tuzlar shaklida uchraydi. 
 
Mis – kadmiy kekidan kadmiyni ajratib olish gidrometallurgik usuli bilan 
olib boriladi. Texnologik sxemani asosiy operatsiyalari: kekini tanlab eritish; rux 
kukuni bilan sementatsiya yo‘li kadmiy gubkasini cho‘ktirish; eritmani tozalash; 
eriydigan anod bilan jihozlangan vannada kadmiyni qayta eritish va tozalash.
Mis – kadmiy kekini tanlab eritishdan maqsad eritmaga kadmiy va ruxni 
maksimal, boshqa komponentlarni minimal ravishda o‘tkazishdir. Kekni tanlab 
eritishga filtratsiyadan keyin to‘xtovsiz yuboriladi. Tanlab eritish ishlatish rux 
eletroliti (140 – 150 g/l H
2
SO
4
) bilan yuboriladi.
Tanlab eritishda birinchi bo‘lib oksidlar eriydi:
ZnO + H
2
SO
4
= ZnSO
4
+ H
2
O (3.67)


184 
CdO + H
2
SO
4
= CdSO
4
+ H
2
O (3.68) 
CuO + H
2
SO
4
= CuSO
4
+ H
2
O (3.69) 
Metallik faza ancha kiyinroq eriydi. Jarayonni jadallashtirish maqsadida 
pulpaga marganets ruda (MnO
2
) yoki marganets shlami yuklanadi va pulpa 60 – 
80
0
Cgacha qizitiladi.
Tanlab eritishda birinchi bo‘lib rux eriydi, keyin esa – kadmiy. Mis rux va 
kadmiy erigandan keyin eriydi. Misni eritish – kadmiy erib bo‘lganligi belgisi.
Metallar oksidlantiruvchi – tiklovchi reaksiyalar natijasida eriydilar. 
Metallarni oksidlantiruvchi vodorod ionlari bo‘ladi: 
Zn + H
2
SO
4
= ZnSO
4
+ H
2
(3.70) 
Cd + H
2
SO
4
= CdSO
4
+ H
2
(3.71) 
Metallik mis vodorod ionlari bilan oksidlanmaydi. Uni erishi uchun 
kislorod bulishi kerak. Mis, (30.3) reaksiya natijasida va havodagi kislorod bilan 
oksid holatiga o‘tganda o‘zi kadmiy va boshqa elektrmanviy aralashmalarni 
oksidlantirishi mumkin:
Cu
2+
+ Cd = Cd
2+
+ Cu (3.72) 
Cu
2+
+ Ni = Ni
2+
+ Cu (3.73) 
Cu
2+
+ Co = Co
2+
+ Cu (3.74) 
Kadmiy bilan birga eritmadan kekdan nikel, kobalt, indiy, talliy va 
boshqalarni aralashmalarni eritmada bo‘lishlari bo‘lajak kadmiyni elektr 
tiklanishiga va tozalashga xalaqit beradi.
Tanlab eritishdagi hosil bo‘lgan pulpani quyuqlashtirgichga boriladi. Pastki 
quyuqlangan pulpani suv bilan repulpatsiya qilinib filtrlashga yuboriladi. Olingan 
kek quyidagi tarkibga ega, %: 1,0 Cd 10-15 Zn, 30-35 Cu. Ushbu kekni mis 
zavodlariga qayta ishlashga yuboriladi.


185 
Quyuqlashtirgichni tepadagi eritmasida quyidagi moddalar bor, g/l: 120-
130 Zn, 8-16 Cd, 0,3 – 0,6 Cu, 3 – 9 Fe, 0,05 – 0,1 Co, 0,05 – 0,1 Ni eritma rux 
kukuni bilan sementatsiyalarga yuboriladi.
Sementatsiyalardan oldin eritmani misdan tozalanadi. Buning uchun rux 
kukuni stexiometrik hisobot nisbatligida beriladi:
Cu
2+
+ Zn = Cu + Zn
2+
(3.75)
Mis kekini filtrda ajratib olib mis zavodiga yuboriladi. Eritmani esa 
kadmiyli sementatsiyalash uchun yuboriladi. Jarayon 60 
0
C da, kadmiyni koldik 
mikdori 1 g/l gacha olib boriladi.
Jarayonning reaksiyasi:
Cd
2+
+ Zn = Cd + Zn 
2+
(3.76)
Kadmiyni sementatsiyalanish tezligi harorat oshishi, rux kukuni ortiqcha 
sarfi, rux va sulfat kislotasini mikdorligi kamayishi bilan tobora oshib boradi. 
Eritmada nikel va kobalt ionlarining borligi kadmiyni sementatsiya jarayonini 
sekinlashtiradi.
Kadmiyni sementli cho‘kmasini eritmada ajratiladi. Eritmada 1 g/l gacha 
kadmiy bor. Bu eritma qaytadan sementatsiya qilinadi va bunda kadmiyni to‘laroq 
cho‘ktiriladi (qoldiq miqdori 10 – 15 mg/l). Nikelni asosiy qismi ikkinchi (kuchsiz) 
kadmiy gubkasiga o‘tadi, kobalt esa asosan, eritmada qoladi. Intiy va talliylar ham 
eritmada to‘planadi. 
Kuchsiz kadmiy gubkasi o‘zi bilan yarim mahsulot hisoblanadi va uni 
jarayonning bosh qismiga – mis – kadmiy kekini tanlab eritishga yuboriladi. 
Eritmani esa kobaltdan tozalanadi. Buning uchun eritmaga etil ksantogenati yoki 
mis kuporosi qo‘shiladi. Kobaltni qoldiq mikdori 30-40 mg/l tashkil kilishi kerak. 
Ksantogenatni kobalt keki ishlatilmasdan isrof bo‘ladi. Eritma indiy va talliy 
ajratib olish uchun maxsus moslamana yuboriladi. 
Kuchli birinchi kadmiy gubkasini ishlatilgan elektrolitda eritiladi. Eritmaga 
qo‘shimcha sulfat kislotasi qo‘shiladi (N
2
SO
4
ni miqdori 200 -250 g/l tashkil qilishi 
kerak). Pulpani harorati 80-90 S nacha ko‘tariladi. Pulpaga havo berish va KMpO 
(MnO) qo‘shish gubkani erishiga ko‘maklashadi. Erish yakunlanadi, qachonki 


186 
eritmani rN=4,8-5,2 bo‘lsa. Bunday sharoitlarda mis gidrolizga uchrab cho‘kmaga 
o‘tadi. Misning eritmadagi qoldik miqdori 10-20 mg/l. 
Pulpa filtrlanadi, misli qoldiq mis kadmiy gubkani tanalab eritish 
bosqichiga yuboriladi. Eritma esa aralashmalardan tozalanadi. Buning uchun 
qo‘shiladi: stronsiy tuzi (qo‘rg‘oshinni cho‘ktirishlar, rux kukuni (misni 
cho‘ktirish), kaliy permanganatni (talliy va temirni oksidlantirib gidrolitik tozalash 
maqsadida).
Tozalangan va filtrlangan eritma elektrolizga yuboriladi. Kadmiyni 
elektrolitik tiklanishi rux elektroliziga o‘xshashdir. Jarayon reaksiyasi:
Cd
2+
+2e = Cd (3.77)
Anod, rux elektroliziga o‘xshash suvni parlanishi reaksiyasi oqib o‘tadi:
N
2
O – 2e = 0,5 O
2
+ 2N
+
(3.78) 
Kadmiyni elektrolizini qo‘rg‘oshin bilan futerlangan temir beton 
vannalarda amalga oshiriladi. Anod qo‘rg‘oshin - kumush (1%) quymadan 
yasalgan, katod-alyuminiydan. Har bir vannaga 33 katod va 34 da anod 
joylashtiriladi. Anod va katodni oraliq masofasi 30 mm. Tok zichligi 50 – 100 a/m
2
. CHo‘kma 24 soat davomida o‘stiriladi. Dastlabki kadmiy elektrolitini tarkibi, g/l: 
160 – 200 Cd; 20 – 30 Zn; 12 – 15 H
2
SO
4
; 0,05 – 0,1 Fe; 0,0005 – 0,001 Cu. 
Ishlatilgan elektrolitini tarkibi, g/l: 15 – 20 Cd; 150 – 180 H
2
SO
4

Elektrolitni optimal harorati 30 – 35 
0
S. Bunda haroratda yuqori sifatli 
katod cho‘kmasi paydo bo‘ladi va tokdan foydalanish koeffitsienti yuqoridir. 
Tokdan foydalanish 70 – 92 %, elektr quvvati sarfi 1400 – 1700 kvt * s/t katodli 
kadmiyga. Vannadagi kuchlanish 2,5 – 2,6 V.

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin