Umumiy quvvati 1500 MVt bo’lgan ACWA Power Sirdaryo bug’-gaz qurilmali Mustaqil Elektr Stantsiyasi
1-Jild – Notexnik Hisobot
Qurilish ishlari jarayonida oqava suvlarni kanalizatsiya havzalari yordamida cho’kindilarni
kamaytirish va oqava suvlarni kanalga quyilishidan oldin shamollatish orqali boshqariladi. Kirish
va chiqish suvlari uchun qo'shni suvlarni zararlanishdan saqlash
uchun il pardalaridan
foydlaniladi.
Hozirgi paytda qurilish ishlari uchun zarur bo’ladigan suv kanal, mahalliy quduqlar yoki qo'shni
shaharlardan etkazib berilishi aniq emas. Mahalliy aholiga uzluksiz ichimlik suvini etkazib berish
va ichimlik suv narxini oshib ketmasligini ta’minlash uchun, EPC pudratchisidan litsenziyalangan
ta'minotchilarni jalb qilish va tegishli ruxsatnomalar (zarurat tug'ilganda) olinishi talab qilinadi.
Agar loyiha hududida quduqlar qazilishi yoki kanal suvidan foydalanilishga to’g’ri kelsa,
bunday holatda, EPC pudratchi tegishli ruxsatnomalar olishi
va ushbu ruxsatnomalarda
belgilangan foydalanish chegaraviy miqdorlariga rioya qilishi kerak.
Qurilish ishlari, shuningdek, loyiha hududi orqali o'tadigan sug'orish kanallarini boshqa qo'shni
fermer xo'jaliklariga yo'naltirishni talab qiladi, bu esa loyiha hududidagi fermer xo’jaliklariga ekin
maydonlarini sug’orishda vaqtincha suv ta’minotini uzilishiga olib keladi. Ushbu ta'sirlar mahalla
qo'mitasi, suvdan foydalanuvchilar uyushmasi va gidrogeologik va meliorativ inspeksiya bilan
maslahatlashuvlar orqali amalga oshiriladi.
Loyihani ishga tushirish va ishlash bosqichlarining ta'siri suv iste'mol qilishni o'z ichiga oladi, bu
imkon qadar suvdan qayta foydalanish orqali minimallashtiriladi.
Asosiy tushuncha sovutish
minorasi, qaynatish qozoni va kondensatorning pasayish oqimlaridan hosil bo’ladigan
suvni
demineralizatsiya tizimi orqali qayta ishlatish, natijada yomg'ir suvi va oqava suvlaridan tashqari
kanalga ortiqcha suyuqlik oqib chiqmasligini ta'minlaydi. Oylik kutilayotgan suvdan foydalanish
va qayta foydalanish bo'yicha ma’lumot EITB Bo'limining 2-qismida keltirilgan.
Qurilish va ishlash bosqichlari ta'sirlari EITB va boshqa tartibga soluvchi va kreditorlar tomonidan
belgilangan boshqa talablarga muvofiq boshqariladi va kamaytiriladi.
Dostları ilə paylaş: