4.6 Qattiq chiqindilar va chiqindi suvlarni boshqarish Loyihaning barcha bosqichlarda chiqindilar xosil bo’ladi. Qurilish vaqtida katta miqdordagi
chiqindilarni yuzaga kelishi kutilmoqda, bu turli xil qadoqlash elementlari va qurilish materiallari
chiqindilarini (boshqa ko'plab turlar orasida) o'z ichiga oladi. Buning aksariyati xavfsiz va ilg'or
usullar bilan oson boshqariladi, jumladan, qayta ishlash uchun topshirish. Xavfli chiqindilar juda
oz miqdorda hosil bo'lishi mumkin va quyidagilarni o'z ichiga oladi: ishlatilgan yoqilg'i
konteynerlari, bo'yoq qutilari, yog’-moy idishlari, transport vositalari/uskunalarni tamirlash
chiqindilari. Ushbu xavfli chiqindilar vaqtincha EITBda ko'rsatilgan ta'sirni kamaytirish va
boshqarish choralariga muvofiq o’ralgan joylarda (boshqa nazorat vositalari bilan) vaqtincha
saqlanishi lozim. Bunday chiqindilarning atrof-muhitga yoki insonga ta'sirini oldini olish uchun va
litsenziyalangan pudratchilar (litsenziyalangan obyektlarda) tomonidan chiqindilarni o'ziga xos
va ehtiyotkor usullar yordamida bartaraf qilinishi (utilizatsiya/qayta ishlash) Loyiha tomonidan
boshqarilishi va nazorat qilinishi lozim.
Qurilish davida hosil bo'lgan oqava chiqindi suvlari maxsus litsenziyaga ega kanalizatsiya
tozalash pudratchisi tomonidan olib tashlanmaguncha maxsus idishlarda saqlanadi. Ishga
tushirish bosqichida (shu jumladan, gidrotexnik, bug' tozalash va kimyoviy tozalash) amalga
oshiriladigan tadbirlar imkon qadar kam miqdordagi qoldiqlarni (masalan, og'ir metallar,
yog'lar va moylar, kislota) o'z ichiga olishi mumkin bo'lgan boshqa chiqindi suv oqimlarini
yaratadi. Ular bug'lanish suv havzasiga yuborishdan oldin (yoki ishga tushirish jarayonida qayta
ishlatilishi mumkin) neytrallanadi. Janubiy Mirzacho’l kanaliga (yuqorida aytib o'tilganidek, yer
osti suvlarining mumkin bo'lgan suvsizlanishidan tashqari) qurilish yoki ekspluatatsiya chiqindi
suvlarni tashlash mumkin emas.
Elektrostantsiya ishlash jarayonida energiya ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita bog'liq
bo'lmagan rejali ta'mirlash ishlari, ma'muriy obyektlar va ishchilar faoliyati natijasida yuzaga
keladigan o’z miqdorda qattiq chiqindilar hosil bo'ladi.
Qattiq chiqindilarni qayta ishlash uchun
chiqindilarni saralash mumkun bo’lgan joylarda amalga oshiriladi. Xavfli chiqindilar, jumladan
oqava suvlarni tozalash cho'kmasi, ishlatilgan filtrlar, ishlatilgan kimyoviy moddalar va
boshqalar kabi kichik hajmlarda, ammo elektrostantsiya ishlash jarayonida doimiy ravishda hosil
bo'ladi. Ushbu xavfli chiqindilar Sirdaryo viloyatiagi xavfli chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya
qilish obyektlariga olib borilishidan oldin EITBda loyihalashtirilgan ta’sirni kamaytirish yoki
yumshatish chora-tadbirlarga muvofiq, o'tkazuvchanligi bo'lmagan yopiq hududlarda
vaqtincha saqlanadi.
Sanitariya chiqindi suvlari yig'ilib, maxsus sanitariya stantsiyasida qayta ishlanadi. Chiqindi
suvlarni tozalashdan keyin drenaj orqali sug'orish uchun ishlatiladi yoki kanalga oqiziladi.
Yog’ingarchilik suvlari drenajdan tashqari, u elektrostantsiyadan tashqariga chiqadigan
yagona oqim bo'ladi, chunki boshqa sanoat chiqindi suvlari tozalanib, keyin bug'lantiriladi.