nomuvofiqliklar yuzaga keladi. Agar buxgalterlik hisobini tashkil etish va yuritishga talab
darajasida e’tibor qilinganida, bunday chalkashliklar paydo bo’lmas edi.
Shuning
uchun
buxgalterlik
hisobining
qay
darajada
tashkil
etilganligi
va
yuritilayotganligini, buxgalterlarning malakasi va intizomini, dastlabki hujjatlarga ishlov berilish
sifati va korxona moliya-xo’jalik faoliyati hamda uning natijalarini aks ettiruvchi buxgalterlik
yozuvlarining to’g’riligini aniqlamasdan, yuqorida qayd etilgan asosiy vazifani hal etish mumkin
emas.
Auditorlik tekshiruvlari ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish, korxonadagi tartib,
mehnat va texnologik intizomni, tovar-moddiy zahiralarning omborlar va boshqa saqlash
joylaridagi hisobi, mulklarning saqlanishi, hisob-kitoblar holati va korxona moliya-xo’jalik faoliyati
hamda uning natijalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan boshqa ko’plab holatlarni qamrab oladi.
Shuning uchun auditorlik hisobotida korxona moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijalariga
bevosita ta’sir-ko’rsatadigan, hamda hisob ma’lumotlari va hisobot ko’rsatkichlari ishonchliligini
pasaytirishiga olib keladigan, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi katta kamchiliklarni
bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar berilishi lozim.
Shuningdek,
O’zbekistondagi auditorlik faoliyati oldida turgan muhim vazifalardan biri –
xorijlik hamkorlar tan oladigan auditorlik xulosasi berish qobiliyatiga ega, sertarmoq va
professional darajadagi umummilliy auditorlik kompaniyalari tashkil etish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: