Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Boshqaruv 
nazoratining tashkil 
etilishi 
 
Xitoyda eramizdan 700 yil avval davlat xodimi ( tsenz) 
teritoriyalarda nazorat olib borgan 
Rim imperiyasida eramizdan 200 yil avval davlat xodimi 
(kvestor) teritoriyalarda nazorat olib borgan 

Audit atamasining 
ishlatilishi 
 
1324 yil Angliya kiroli «Eduard 11» 3 ta auditorni ( «Audit» 
lug’atiy mazmuni –u eshitadi) tayinlagan. Chunki viloyat 
territoriya boshliqlari moliyaviy ishlar bo’yicha hisobot 
berishni bilmagan. 
1689 yil Rossiyada Petr 1 podshox armiyadagi mulkiy 
munozaralarni tekshirish uchun belgiladi 

Davlat miqyosida 
majburiy auditning 
kiritilishi 
(qonun bilan 
belgilanishi) 
 
1862 yili Angliyada, 1867 yili Fransiyada, 1931 yili 
Germaniyada, 1937 yili AQShda, 1982 yili Xitoyda, 1987 yili 
Rossiyada 1992 yili O’zbekiston Respublikasida 


imzo chekish huquqiga ega bo’lmagan tarzda auditorning topshirig’iga binoan auditorlik 
tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir».
Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjat-larida qayd etilgan tartibda tuzilgan 
mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor etmaslik 
majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tadbiq etiladi.
Auditorning yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditor malaka sertifikatini olish uchun 
zarur bo’ladigan ish stajiga qo’shiladi.
O’zbekistonda auditorlik faoliyati mustaqil yuridik shaxs huquqiga ega auditorlik 
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Qonunga ko’ra auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini 
amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir.
Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan kelib chiqib, uni quyidagicha 
tasniflash mumkin. 
 
Auditorlik faoliyati 
Auditorlik
tekshiruvlar 
Auditorlik tashkilotlarining
professional xizmatlari 
o
Majburiy auditorlik 
tekshiruvi 
o
Tashabbus tarzidagi 
auditorlik tekshiruvi 
o
Nazorat qiluvchi yoki 
huquqni muhofaza qilish 
organlarining tashabbusiga 
ko’ra o’tkaziladigan auditorlik
tekshiruvi 
o
buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va 
yuritish; 
o
moliyaviy hisobotni tuzish; 
o
milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro 
standartlariga o’tkazish; 
o
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik 
faoliyatini tahlil qilish; 
o
buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish
menedjment va moliya-xo’jalik faoliyatining boshqa 
masalalari yuzasidan konsalting xizmati; 
o
auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda 
tutilgan boshqa professional xizmatlar 
 
Hisobot ma’lumotlarining ishonchliligini, birinchi navbatda, buxgalteriya balansi (1-shakl), 
moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (2-shakl), shuningdek boshqa hisobot-larning ishonchliligi 
va unda keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlash (yoki tasdiqlamaslik) auditorlik 
xizmatining eng muhim vazifasi hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, buxgalteriya hisobotlari buxgalteriya apparati, boshqa iqtisodiy xizmatlar 
va korxona bo’limlari, hamda ishlab chiqarish bo’linmalaridagi ko’p sonli xodimlarning uzoq 
davom etgan va mashaqqatli mehnatlari natijasi hisoblanadi. Hisob axborotlari va ular asosida 
tuziladigan hisobotlarning ishonchliligi va sifati dastlabki hisobning qanday tashkil etilganligiga, 
hujjatlashtirish intizomining qanchalik mustahkamligiga va umuman korxona hisob siyosatining 
qay darajada malakali tuzilganligiga ko’p jihatdan bog’liq.
Buxgalterlik amaliyotini o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, ayrim korxonalarda buxgalterlar 
malakasi etishmasligi oqibatida dastlabki hujjatlarga ishlov berish, guruhlash va buxgalteriya hisobi 
schyotlarida to’g’ri (yoki butunlay) aks ettirmasdan (asosan pul va hisob-kitob muomalalari), ularni 
devonxona papkalarida saqlab qo’yish bilan cheklaniladi. Natijada, hisobotlarni tuzishda ko’plab 
chalkashliklar, 
noaniqliklar, 
joriy hisob ma’lumotlari va hisobot ko’rsatkichla-ridagi 


nomuvofiqliklar yuzaga keladi. Agar buxgalterlik hisobini tashkil etish va yuritishga talab 
darajasida e’tibor qilinganida, bunday chalkashliklar paydo bo’lmas edi.
Shuning 
uchun 
buxgalterlik 
hisobining 
qay 
darajada 
tashkil 
etilganligi 
va 
yuritilayotganligini, buxgalterlarning malakasi va intizomini, dastlabki hujjatlarga ishlov berilish 
sifati va korxona moliya-xo’jalik faoliyati hamda uning natijalarini aks ettiruvchi buxgalterlik 
yozuvlarining to’g’riligini aniqlamasdan, yuqorida qayd etilgan asosiy vazifani hal etish mumkin 
emas. 
Auditorlik tekshiruvlari ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish, korxonadagi tartib, 
mehnat va texnologik intizomni, tovar-moddiy zahiralarning omborlar va boshqa saqlash 
joylaridagi hisobi, mulklarning saqlanishi, hisob-kitoblar holati va korxona moliya-xo’jalik faoliyati 
hamda uning natijalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan boshqa ko’plab holatlarni qamrab oladi. 
Shuning uchun auditorlik hisobotida korxona moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijalariga 
bevosita ta’sir-ko’rsatadigan, hamda hisob ma’lumotlari va hisobot ko’rsatkichlari ishonchliligini 
pasaytirishiga olib keladigan, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi katta kamchiliklarni 
bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar berilishi lozim.
Shuningdek, 
O’zbekistondagi auditorlik faoliyati oldida turgan muhim vazifalardan biri – 
xorijlik hamkorlar tan oladigan auditorlik xulosasi berish qobiliyatiga ega, sertarmoq va 
professional darajadagi umummilliy auditorlik kompaniyalari tashkil etish hisoblanadi.

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin