Auditning asosiy predmeti bo’lgan korxonalarning faoliyatlari quyidagilarga
bo’linadi:
-
ishlab chiqarish faoliyati;
-
savdo faoliyati;
-
xizmat ko’rsatish faoliyati.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatlari o’z navbatida quyidagi jarayonlarni o’z
ichiga oladi:
-
ta’minot jarayoni;
-
ishlab chiqarish jarayoni;
-
realizatsiya jarayoni.
Jarayonlar xo’jalik operatsiyalari orqali sodir bo’ladi.
Xo’jalik jarayonlarning auditi ma’lum ko’rsatkichlarni tekshirish orqali amalga
oshiriladi. Ushbu ko’rsatkichlarning ikkiga bo’lish mumkin:
-
miqdor ko’rsatkichlari;
-
sifat ko’rsatkichlari.
Miqdor ko’rsatkichlar - ishlab chiqarilan mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan xizmatlar
hajmidan iborat.
Sifat ko’rsatkichlar - faoliyat yuritish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, foyda,
mehnat
unumdorligini ifodalaydi.
Korxonalarning alohida jarayonlari va ko’rsatkichlari auditning ob’ektlari
Dostları ilə paylaş: