dalillarni o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Bizning moliyaviy hisobot tuzish bo’yicha ichki nazorat auditimizga ichki nazoratning moliyaviy hisobot tuzishdagi rolini tushinish, risklarin baholash shuningdek, riskning bahosiga asoslangan ichki nazorat tizimining loyihalanishi va opertsion samaradorligini testlashtirish va baholash kiradi. Bizning auditimiz shuningdek, biz ushbu holatda zarur deb topgan boshqa protseduralarni bajarishni ham lozim deb topdi. Biz o’tkazgan auditimiz fikrimizni ifodalash uchun etarlicha asos beradi deb o’ylaymiz. Bizning auditorlik tekshiruvimiz moliyaviy hisobotlar haqida yaxlit fikrlarni shakllantirish maqsadida o’tkazildi. Ilova qilingan operatsiyalar sektori va pul mablag’lari harakatlari bilan bog’liq sektor balansi varaqalari va arizalar qo’shimcha tahlil maqsadida taqdim etildi va asosiy moliyaviy hisobotning majburiy qismi hisoblanmaydi. Bunday axborotlar auditorlik protseduralariga asosiy moliyaviy hisobotlar auditi davomida jalb etilgan edi va fikrimizcha yaxlit holda moliyaviy hisobotlarga nisbatan mavjud hamma jihatlariga ko’ra xaqqoniy (adolatli)dir. Kompaniyaning moliyaviy hisobotlar ustidan ichki nazorati buxgalteriya hisobining umum qabul qilingan printsiplariga mos holda tashqi maqsadlar uchun moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi va tayyorlanishida etarlicha ishonchni ta’minlash uchun mo’ljallangan jarayon. Kompaniyaning moliyaviy hisobotlar ustidan ichki nazorati 1. Kompaniyalar bitimlari va aktivlari dispozitsiyasini oqilona darajada batafsil, aniq va ishonchli aks ettiruvchi yozuvlar mazmuniga aloqador bo’lgan siyosat va protseduralarni ichiga oladi.