«Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish to’g’risidagi arizasi» bilan
rasmiylashtirishi mumkin.
Bulardan tashqari auditorlik tashkiloti zaruratdan kelib chiqib tekshiruvda
ishtirok etishga
boshqa auditorlar va mutaxassislarni ham belgilangan tartibda jalb etish huquqiga ega.
Auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi
mumkin.
Auditorlik tashkilotlarining majburiyatlari. Auditorlik tashkilotlarining majburiyatlari
«Auditorlik faoliyati to’g’risida» gi qonunning 7-moddasida belgilangan. Unda ta’kidlanishicha,
auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati bilangina shug’ullanishi mumkin. Ushbu qonunning 3-
moddasiga muvofiq «auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining
auditorlik
tekshiruvlarini o’tkazish va boshqa shu bilan bog’liq professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi
tadbirkorlik faoliyati tushuniladi»
Shuningdek, auditorlik tashkilotining zimmasiga quyi-dagi majburiyatlar yuklatiladi:
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida ushbu
Qonun hamda boshqa qonun
hujjatlarining talablariga rioya etishi;
auditorlik tekshiruvi o’tkazishga doir shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachining talabiga
binoan auditorlik faoliyatini o’tkazish huquqini
beruvchi tegishli litsenziyani, auditor
(auditorlar)ning malaka sertifikatini
taqdim etishi;
xo’jalik yurituvchi sub’ektning so’roviga binoan auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha
qonun hujjatlarining talablari to’g’risidagi, auditorning e’tirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining
normalari to’g’risidagi axborotni taqdim etishi;
Dostları ilə paylaş: