Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xo’jalik yurituvchi sub’ektdan  olish



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

 
uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xo’jalik yurituvchi sub’ektdan 
olish;
 
ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo’lgan barcha axborot xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvi o’tkazishdan bosh tortish;
 
auditorlik tekshiruvini o’tkazishda ishtirok etishga auditorlar va boshqa mutaxassislarni 
belgilangan tartibda jalb etish. 
 
auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin. 
 
Auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning ta’sis hujjat-lari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjat-lari bilan 
oldindan tanishib chiqadi. 
 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari ya’ni ustavi va ta’sis shartnomasi bilan 
tanishish auditorga bo’lg’usi mijozining yuridik maqomi, faoliyat turi, predmeti va ta’sischilari 
to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi. Bunda auditor korxonaning asosiy ustav 
faoliyati, ustavning qachon va qaysi davlat organida ro’yxatga olinganligi hamda notarial idora 
tomonidan tasdiqlangan-ligiga e’tibor berishi kerak. Shuningdek, ta’sis shartnomasiga muvofiq 
ta’sischilari kimlar, ularning yuridik maqomi, ustav kapitalidagi ishtiroki (ulushi), moliya-xo’jalik 
faoliyati bo’yicha huquq va majburiyatlari bilan tanishadi. 
 
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan tanishish auditor uchun korxonada 
buxgalteriya hisobining qaysi shakli (memorial-order, jurnal-order, jadval-avtomatlashtirilgan va b.) 
qo’llanilishi, buxgalteriya appara-tining hajmi va tuzilishi, buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot 
tuzishning qay darajada me’yoriy ta’minlanganligi, umumiy moliyaviy ahvol va boshqalar 
to’g’risida dastlabki tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi. 
 
Auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirayotgan moliya-
xo’jalik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni to’liq hajmda olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga 
olingan har qanday mol-mulkning amalda mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning 
amaldagi holatini tekshirish. 
 
Qonunda belgilangan ushbu huquqlar tekshiruv jarayonida zarur bo’lgan, mijoz-korxonaning 
moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni hech qanday to’sqinliksiz to’liq hajmda olish 
imkonini beradi. Shuningdek, auditor ushbu hujjatlarda aks ettirilgan mol-mulklarning haqiqatda 
mav-judligini va majburiyatlar holatini tegishli usullar (inventarizatsiya qilish, qarama-qarshi 
tekshiruv va h. k.) bilan tekshirish huquqiga ega. Mijoz-korxona esa auditor talab qilgan barcha 
hujjatlarni to’liq hajmda taqdim etishi, mol-mulklar mavjudligi va majburiyatlar holatini 
tekshirishga zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim. 
 
Auditolik tekshiruvini o’tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo’yicha xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning moddiy javobgar shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish hamda 
auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlarni olish. 
 
Auditor tekshiruv jarayonida aniqlangan xato-kamchilik-lar, xususan kamchiliklar va ularning 
sabablari hamda moddiy javobgar shaxslardan yozma va og’zaki tushuntirish oladi. Shuningdek, 
auditorlik tekshiruvini boshlashdan oldin ham moddiy javobgar shaxslar (kassir, omborchi va 
b.)dan belgilangan tartibda tilxat oladi. 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin