Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotlarning maxfiyligiga rioya etishi



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

 
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotlarning maxfiyligiga rioya etishi;
 
auditorlik hisobotida moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarining qonuniyligi buzilishi faktlarini 
hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishi;
 
xo’jalik yurituvchi sub’ektga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari zarar 
etkazilganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan taqdirda bu haqda xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning rahbariyatiga (mulkdoriga) ma’lum qilishi hamda auditorlik xulosasiga tegishli qaydni 
kiritishi shart. Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini ma’lum qilish uchun qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashchilarning (aktsiyadorlarning) umumiy yig’i-lishi 
chaqirilishini talab qilishi shart. 
 
Auditorlik tashkiloti zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham 
bo’lishi mumkin. 
 
Auditorlik tashkilotining javobgarligi. «Auditorlik faoliyati to’g’risidagi» Qonunning 8 
moddasiga muvofiq auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning boshqa moliyaviy axboroti to’g’risida noto’g’ri yakundan iborat bo’lgan 
auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga etkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi. 
 
Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganlik yoki lozim darajada o’tkazmaganlik oqibatida 
xo’jalik yurituvchi sub’ektga va (yoki) auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga etkazilgan zarar, 
shu jumladan boy berilgan foyda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart. 
 
Shuningdek, auditorlik tashkilotining javobgarligi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 
336 moddasiga muvofiq ikki taraflama shartnomani bajarmaslik oqibati-da ham vujudga keladi. 
Unda ko’rsatilishicha: agar ikki taraflama shartnomada bir taraf o’zi javobgar bo’lgan vaziyat 
tufayli uni bajarishi mumkin bo’lmay qolsa, ikkinchi taraf, basharti qonunda yoki shartnomada 
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, shartnomadan voz kechishga va shartnomaning 
bajarilmasligi tufayli etkazilgan zararni undirib olishga haqli. 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin