Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik  shaxsdir



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

 
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik 
shaxsdir. 
 
Auditorlik tashkilotlari o’z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir. 
 
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining shakllanishi va rivojlanishida 
professional jamoat tashkilotlari muhim o’rin tutadi. 
 
I. O’zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi (O’BAMA) 
– buxgalterlar, 
auditorlar, ilmiy va pedagogik xodimlar, soliqlar bo’yicha maslahatchilarning respublika jamoat 
tashkiloti bo’lib, o’z a’zolarini ular manfaatlari va maqsadlarining umumiyligi, hududiy yoki 
profes-sional tamoyillar bo’yicha birlashtiradi. 
 
Assotsiatsiya O’zbekiston Respublikasida buxgalterlar va auditorlar kasb malakasini 
rivojlantirish va ularni xalqaro standartlar talablariga moslashtirishni ta’minlaydi. Shuningdek, 
buxgalterlar va auditorlarni professional himoyalashda amaliy yordam ko’rsatadi. 
 
Assotsiatsiya buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish, xususiylashtirish, 
qimmatli qog’ozlar bozori, korxonalar moliya- xo’jalik faoliyatining tahlili va moliyaviy 
menejment bo’yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Shu bilan 
birga yuqorida sanab o’tilgan masalalar bo’yicha maslahatlar beradi va «hammasi buxgalterlar 
uchun» nomli oylik byulleten, o’quv, me’yoriy hamda uslubiy adabiyotlar nashr qiladi. 
 
II. O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP)
– malaka sertifikatiga ega mustaqil auditorlarni 
ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi, mustaqil notijorat jamoat tashkiloti. Auditorlar Palatasining asosiy 
maqsadi auditorlarning professionallik darajasini rivojlantirish va qo’llab-quvvat-lashga yordam 
ko’rsatish, o’z a’zolarining kasbga oid manfaatlarini davlat va jamoat organlarida himoya qilish, 
hamda kasbga oid talablar bo’yicha barcha o’zgarishlar to’g’risidagi va axborot ta’minoti bo’yicha 
aloqa o’rnatishdan iborat. 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin