Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


tekshiruvidan o’tkazadilar. Auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng xo’jalik yurituvchi



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

tekshiruvidan o’tkazadilar. Auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt auditorlik xulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan bir nusxaini 15 kun ichida 
tegishli soliq organlariga topshirishi lozim. Agar auditorlik xulosasining bunday nusxasini 
soliq organiga o’z vaqtida taqdim etilmasa, xo’jalik yurituvchi sub’ekt soliq organiga buning 
sababi ko’rsatilgan tushuntirish xati taqdim etadi.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga 
soliq organi tomonidan jarima solinadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari esa majburiy 
auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
javobgarlikka tortiladi. Undirilgan jarima jarima solish to’g’risidagi qaror topshirilgan 
kundan boshlab 10 kun ichida to’lanib, to’liq miqdorda respublika byudjetiga o’tkaziladi. 
Agar jarima o’z vaqtida to’lanmasa, soliq qonunchiligiga muvofiq peniya hisoblangan holda 
so’zsiz undirib olinadi.
Jarima undirilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektni majburiy auditorlik tekshiruvdan 
o’tishdan ozod qilmaydi.
 
 
3.2. Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi.
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 11-moddasiga muvofiq: «Tashabbus 
tarzidagi auditorlik tekshiruvi xo’jalik yurituvchi sub’ektning yoki boshqa auditorlik 
tekshiruvi buyurtmachilarining qaroriga binoan, qonun hujjat-larida nazarda tutilgan 


tartibda o’tkazilishi mumkin.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining predmeti, muddatlari va boshqa 
shartlari auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan auditorlik tashkilotlari o’rtasida 
tuziladigan auditorlik tekshiruvini o’tkazish to’g’risidagi shartnomada belgilab qo’yiladi».

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin