Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


arbitraj sudining idoraviy tasarrufidagi ishlar



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

arbitraj sudining idoraviy tasarrufidagi ishlar.
Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladigan bunday topshiriqlar 


mazmuni jinoiy ish qo’zg’atish (qayta ko’rish), fuqarolik ishini qabul qilish (qayta ko’rish), 
arbitraj sudining idoraviy tasarrufidagi ishlar uchun asos bo’lgan holatlarga mos kelishi 
lozim. Bunday topshiriqlarga muvofiq o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvlar muddati 
auditorlik tashkiloti bilan kelishilgan holda aniqlanib, odatda 1 oydan oshmasligi lozim.
Auditorlik tekshiruvi o’tkazishga topshiriq bergan hu-quqni muhofaza qilish yoki 
nazorat qiluvchi organlar tekshiruv o’tkazish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishlari, 
zarur hollarda auditorlar va ular oila a’zolarining shaxsiy xavfsizliklarini ham ta’minlashi 
lozim. Shuningdek, oldin tekshirilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati aynan bir xil 
asoslarga ko’ra oldingi tekshiruvni o’tkazgan auditorlik tashkiloti tomonidan qayta 
tekshirishga ruxsat etilmaydi.
Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra 
o’tkazilgan auditorlik tekshiruvlar jarayonida olingan ma’lumotlar faqat mazkur organlar 
ruxsati bilan va ular ruxsat qilgan hajmda oshkor qilinishi mumkin.
Huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra o’tkazilgan tekshiruvlar natijalari 
bo’yicha tuzilgan auditorlik xulosasi O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protses-sual kodeksiga 
muvofiq taynlangan sud-buxgalteriya ekspertizasi xulosasiga tenglashtiriladi.
Sud-buxgalteriya 
ekspertizasi ayrim o’ziga xos xususiyatlari bilan auditorlik 
tekshiruvlaridan tubdan farq qiladi. Ko’p hollarda ekspertiza ekspert muassasalarining maxsus 
xonalarida o’tkaziladi. Zarur hollarda ekspertiza o’tkazish joyi ekspert tomonidan, ekspertizani 
tayinlagan organ bilan kelishilgan holda aniqlanadi.
Xulosa tuzish uchun zarur bo’lgan dastlabki va yig’ma buxgalteriya hujjatlari, hisob 
registrlari va hisobot shakllari ekspertiza obektlari bo’lib hisoblanadi. Shuningdek, ekspertiza 
o’tkazish jarayonida taftish dalolatnomasi, ekspert xulosalari, ayblanuvchilar, jabrlanuvchilar va 
guvohlarning ko’rsatmalari va ishdagi boshqa materiallarda keltirilgan ma’lumotlardan ham 
foydalanish mumkin.
Sud-buxgalteriya ekspertizasini amalga oshirishda quyidagilarni aniqlashga doir masalalar 
hal etiladi: 

tovar-moddiy zahiralar, pul mablag’larining kamomadi yoki oshiqcha chiqishi va moddiy 
zarar summalari bilan bog’liq ma’lumotlarning haqqoniyligi; 

tovar-moddiy zahiralarni qabul qilish, saqlash, sotish va pul mablag’larining harakatiga doir 
muomalalarni rasmiylashtirishning to’g’riligini; 

moliya-xo’jalik faoliyatiga doir muomalalarni hujjatlarda aks ettirishning buxgalteriya 
hisobi xalqaro va milliy standartlari hamda boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi; 

tergov olib borilayotgan ishga aloqador shaxslar ko’rsatmalarining buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlariga muvofiqligi; 

materiallar, tayyor mahsulotlar, tovarlar va pul mablag’-larini kirimi, chiqimi hamda 
hisobdan o’chirilishining hujjatlar bilin asoslanganligi; hisobga olinmay qolgan mahsulotlar hajmi 
va qiymatini texnologlar, tovarshunoslar va boshqa mutaxassislar xulosalarini hisobga olgan holda 
aniqlash; 

fuqarolik sudlov ishlari tartibida hal etiladigan da’volarga doir summalar miqdorining 
hujjatlar bilan asoslanganligi; 

tovar-moddiy zahiralar va pul mablag’lari kamomadi yoki oshiqcha chiqishi vujudga kelgan 
davrda moddiy javobgar hisoblangan shaxslar, hamda ekspertiza jarayonida buxgalteriya hisobi va 
nazorat talablariga rioya qilinmaganligi aniqlanganda, buning uchun mas’ul shaxslar; 

moddiy zarar etkazilishiga olib kelgan yoki uning o’z vaqtida aniqlanishiga to’sqinlik 
qilgan, buxgalteriya hisobi va nazorat tizimining kamchiliklari.

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin