oladi. Dastlabki hujjatlarni auditorlik tashkilotiga etkazib berish, hujjatlarning saqlani-shini ta’minlash, kompyuter yordamida hujjatlarga ishlov berish, analitik va sintetik hisob registrlarini yuritish, dastlabki hujjatlar va tuzulgan buxgalteriya hisobi registrlarini mijozga etkazib berish va boshqalarga doir ishlarni auditorlik tashkiloti o’z zimmasiga oladi. Hisob yuritish hisobning barcha turlari va uchastkalari (to’liq hisob yuritish) kabi, hisobning alohida uchastkalari va bo’limlari bo’yicha ham (moddiy boyliklar harakatini hisobga olish – agar buyurtmachining ombori uning markaziy ofisidan uzoqda joylashgan bo’lsa; mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar va boshqalar bo’yicha) amalga oshirilishi mumkin. Ushbu professional xizmat bayonidan ko’rinib turibdiki, buyurtmachi-korxonada, buxgalteriya xizmati yo’q, natijada hisobot tuzish, soliq deklaratsiyalarini to’lg’azish, buxgalteriya hisobotlari va soliq deklaratsiyalarini davlat soliq inspektsiyasi (DSI) va boshqa muassasalarda himoya qilishni topshirish mumkin bo’lgan malakali hodimi ham yo’q. Shuning uchun qoidaga ko’ra, mijoz-korxona buxgalterlik (moliyaviy) hisobotni tuzish, buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlar va soliq deklaratsiyalarini davlat soliq inspektsiyasi (DSI) da himoya qilish kabi xizmat turlarini ham shartnomaga kiritishi mumkin. b) moliyaviy hisobotni tuzish. Professional xizmatning ushbu turi asosan ikki xil bo’lishi mumkin. Birinchidan, auditorlik tashkiloti tomonidan buxgalterlik hisobini yuritishga doir bajarilgan ishlar majmuining yakunida hisobot ham tuzib berilishi mumkin. Ikkinchi holatda auditorlik tashkilotining mustaqil ishi sifatida ya’ni buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan buxgalterlik registrlarining ma’lumotlari asosida faqatgina hisobotning o’zi