Moliya Vazirligi tomonidan 2000 yil 28 avgustda 17-17/534-sonli buyruq bilan tasdiqlangan «Auditorlarni tayyorlash va sertifikatsiyalash dasturi» va 2000 yil 25 sentyabrda 68-sonli buyruq bilan tasdiqlangan «Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq belgilangan bilim va tajribaga ega ekanliklarini ko’rsatuvchi xujjatlarni taqdim etishi va imtihon topshirishlari kerak. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash – bu audit sohasidagi qonunchilikka rioya qilinishi ustidan davlat nazorati o’rnatish uslubidir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nomi yuqorida qayd etilgan 365-sonli qaroriga muvofiq «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish to’g’risida NIZOM»tasdiqlangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2007 yildagi № PF-615 sonli farmoniga asosan auditorlik tashkilotlariga qo’shimcha qo’yidagi litsenzion talab va shartlar belgilandi:
litsenziyani olishda qonunda belgilangan miqdorda ustav kapitalning shakllangan bo’lishligi;
auditor o’z auditorlik faoliyati faqat bir auditorlik tashkilotida amalga oshiradi;
litsenziya turiga qarab auditorlik tashkilotida auditorlar (kamida 2, 4, 6 ta) bo’lishi kerak;
shtatdagi auditorlarda xalqaro buxgalterlik sertifikatlari(kamida 1-2) bo’lishligi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan auditorlik tashkilotlari rahbarlari har uch yilda attestatsiyadan o’tishligi;
auditorlik tashkilotlarida ichki ish sifati standartlarining mavjud bo’lishligi
har yarim yilda Moliya vazirligiga tegishli shaklda auditorlik faoliyati haqida ma’lumotlarning berilishi. Ushbu Nizomga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida auditorlik faoliyati bilan