Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


tuzib berilishi ham mumkin



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

tuzib berilishi ham mumkin.
Auditorlik tashkilotlar mijoz-korxonaga buxgalterlik (moliyaviy) hisobotni tuzib 
berish bilan birga byudjetdan tashqari fondlar va statistika organlariga topshiriladigan 
hisobotlarni tuzish bo’yicha ham xizmat ko’rsatishi mumkin.
v) Milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o’tkazish.
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish iqtisodiyotni erkinlashtirish va 
islohotlarni chuqurlashtirishning muhim belgilaridan biri hisoblanadi. Bu ishni 
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun milliy korxonalarimiz moliyaviy hisobotlarini xorijiy 
investorlar «o’qiy oladigan til»ga – moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) ga 
yoki investor faoliyat ko’rsatayotgan mamlakatdagi umum qabul qilingan hisob printsiplari 
(masalan, GAAP tizimi)ga o’tkazish zarur. Buning uchun auditor MHXS yoki investor 
mamlakatidagi GAAP tizimini, ularning xususiyatlarini va bizning milliy moliyaviy 
hisobotlar bilan qiyosiy tahlilini chuqur bilishi zarur.
Milliy iqtisodiyotimizga investitsiyalarni jalb qi-lishdan maqsad faqat o’zaro 
manfaatlarni qondirish emas, balki investorning investitsiya ob’ekti hisoblangan korxona 
faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan, o’zaro munosabatlarni o’rnatishdan iborat.
g) Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish masalalariga 
so’ngi yillarda talab kuchaymoqda. Bu shu bilan bog’liqki, bir necha yillar bozor iqtisodiyoti 


sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar, o’zlarining moliyaviy ahvoliga baho berish, iqtisodiy 
barqarorlikka erishish va mahsulot (ish, xizmat) larning qaysi turi eng ko’p daromad (yoki zarar) 
keltirishi va shu kabilarni bilishni istaydilar. Ko’pchilik korxonalar (xususan, ko’pchiligi 
aktsiyadorlik jamiyatlariga, qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkat xo’jaliklari) ga aylantirilgan 
sobiq davlat (yoki jamoa korxonalari) iqtisodiy nochor va bankrotlik holatida. Aksariyat 
korxonalarning iqtisodiy xizmat xodimlari bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy ahvolni, korxona 
balansining likvidligi va to’lov layoqatini tahlil qilish, hamda moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil 
qilish bilan bog’liq usullarni bilmaydilar, biznes-rejalar tuzish tajribasiga ega emas.
d) buxgalteriya hisobi, soliqqa tortish, rejalashtirish, menejment va moliya-xo’jalik 
faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati. Ushbu masalalarga doir professional 
xizmatlar: soliqqa tortish bo’yicha tushuntirishlar (yozma va og’zaki shaklda) tayyorlash, soliq 
qonunchiligini buzganlik uchun jarima hisob-kitobi hamda jarima undirishning to’g’riligini (yoki 
noto’g’riligini) asoslash, dastlabki hisobni tashkil etish, mijozning boshqa xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar bilan tuziladigan xo’jalik shartnomalari (bitimlari)ni takomillashtirish kabi ishlarni o’z 
ichiga oladi.
Hozirgi bozor kon’yunkturasidan foydalanib tezroq boylik orttirishni o’ylamasdan, 
korxonani uzoq yillar davomida jiddiy va barqaror rivojlantirishni maqsad qilib qo’ygan 
tadbirkorlar yangidan tuzayotgan shartnomalari va bitimlarini oldindan ekspertiza qildirishdan 
manfaatdordirlar.
Amalda majburiy auditorlik tekshiruvi, ko’pincha, yillik buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlar 
tuzilib, tasdiqlanib va hatto tegishli organlarga topshirilganidan so’ng o’tkaziladi. Qoidaga ko’ra 
ularga, hamda tekshiruv o’tkazilayotgan davrga tegishli hisob registrlariga ham tuzatish kiritish 
mumkin emas.
Shuning uchun hozirgi paytda professional xizmatlarning yuqorida qayd qilingan turlari 
bo’yicha konsalting xizmatiga talab oshmoqda. Agar mijoz-korxonalar buxgalterlik (moliyaviy) 
hisobotlarini topshirmasdan burun kansalting xizmati bo’yicha auditorlik tashkilotiga murojaat qilsa, 
yo’l qo’yilib kelayotgan xato-kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf qilib, qabul qilingan hisob 
siyosatidan chetga chiqmasliklari mumkin.
e) Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar, hisobotlar va 
deklaratsiyalarni tuzish, ularni soliq inspektsiyasiga hamda boshqa tegishli organlarga topshirish 
ko’p hollarda buxgalter uchun nohush jarayon sifatida kechadi.
Bunga sabab bir tomondan, mazkur ishning murakkabligi bo’lsa, ikkinchidan, hisobot va 
deklaratsiya topshiruvchi buxgalterning vaqtini oladigan-navbat kutish hamda ayrim soliq 
xodimlarining xushmuomilasizligi va shunga o’xshashlar.
Bundan tashqari, ma’lumki, agar davlat statistika organlari va byudjetdan tashqari fondlarga 
(bandlik xizmati va h. k) tegishli hisobot shakllari topshirilganligi to’g’risida buxgalterlik 
(moliyaviy) hisobot muqovasiga belgi qo’yilmagan bo’lsa, uni soliq inspektsiyasi qabul qilmaydi.
Bunday barcha ishlarni ya’ni soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar, 
hisobotlar va deklaratsiyalarni tuzish, hamda tegishli organlarga topshirishni auditorlik tashkiloti 
to’liq o’z zimmasiga oladi.
Shuningdek, auditorlik tashkiloti soliq inspektsiyasining tekshiruv dalolatnomalarini ham 
o’rganib, agar nohaq kamchiliklar ko’rsatilgan bo’lsa, ular bo’yicha e’tiroz xati tayyorlashi mumkin.
Hisobotlarni muvaffaqiyatli topshirish va himoya qilish, auditorlik tashkiloti hisobotlarni 
tuzishga doir ishlarni malakali va sifatli bajarganligidan dalolat beradi, hamda professional xizmat 
bozorida uning obro’sini oshiradi.
j) Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan tadqiqotlar, ma’ruzalar, 
seminarlar, amaliy mashg’ulotlar va boshqa shakldagi tadbirlar ham o’tkazishi mumkin. Bu 
maqsadda auditorlik tashkiloti Moliya Vazirligi davlat soliq inspektsiyasi, va boshqa mutasaddi 
idoralardan tajribali uslubiyotchi va amaliyotchi xodimlarni, hamda oliy o’quv yurtlaridan yetakchi 
professor-o’qituvchilarni taklif etishi mumkin.
Bu toifa xizmatlarning buxgalterlarni o’qitish bilan bog’liq boshqa xizmatlardan farqi, u 
seminar ishtirokchilaridan ma’lum malaka talab qiladi.


Auditorlik tashkiloti xodimlari ma’ruza va seminar ishtirokchilariga fuqarolik, soliq va 
boshqa qonunchiliklarda ro’y bergan o’zgarishlarni, buxgalterlik hisobini yuritishga doir me’yoriy 
hujjatlar(buxgalteriya hisobi va hisobotining xalqaro hamda milliy standartlari, nizomlar, qarorlar, 
yo’riqnomalar va boshqalar)ni sharhlab beradilar. Shuningdek, bunday tadbirlarda hisob yuritish va 
hisobot tuzishda ko’p sodir bo’ladigan xatolar muhokama qilinadi va seminar ishtirokchilarining 
savollariga javob beradilar.
Yuqorida keltirilgan professional xizmatlardan tashqari auditorlik tashkiloti belgilangan 
tartibda buxgalteriya hisobi, audit, moliya-xo’jalik faoliyati tahlili, soliqqa tortish bo’yicha o’quv 
qo’llanmalar va o’quv-uslubiy materiallar tayyorlashi hamda chop ettirishi mumkin. Bu tarzdagi 
xizmatlar, odatda, mazkur masalalar bo’yicha bosmaxona, uslubiy tavsiyalar va boshqa ommabop 
adabiyotlarni ishlab chiqa oladigan mualliflar hamda tahririyat jamoasiga ega yirik auditorlik 
tashkilotlari tomonidan bajariladi.

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin