auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo’lgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari esa bundan mustasno. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash Moliya Vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, litsenziya berishni rad etish, litsenziyaning amal qilish muddatini to’xtatish, bekor qilish, to’xtatib turish yoki amal qilishini tiklash to’g’risidagi qaror Moliya Vazirligining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. Auditorlik tashkilotlari litsenziya olish uchun Moliya Vazirligiga taqdim qiladigan
arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladilar: 9. Ta’sis hujjatlarining (ustav, ta’sis shartnomasi) notarial idora tomonidan tasdiqlangan nusxalari va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma; 10. Kamida ikki auditor malaka sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalari; 11. Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami (STIR-INN) berilganligi to’g’risida Soliq organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma; 12. Arizani ko’rib chiqish uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi bankning to’lov hujjati. Ushbu hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi va bulardan boshqa hujjatlarni talab etilishiga yo’l qo’yilmaydi. Auditorlik tashkiloti topshirgan ariza va boshqa zarur hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan 15 kun ichida ko’rib chiqilib, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilinishi lozim. Hujjatlar litsenziyalovchi organlar tomonidan ko’rib