mobaynida amalga oshiriladi. Hujjatlarni qayta ko’rib chiqish uchun yig’im undirilmaydi. Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risida ariza taqdim etadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim: -ta’sis hujjatlarining notarial idora tomonidan tasdiqlangan nusxalari (litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risida ariza berilgan sanada ularga o’zgartirishlar kiritilgan taqdirda); -auditorlik tashkiloti tarkibidagi auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlar to’g’risidagi ma’lumotlar; -moliyaviy holati to’g’risida belgilangan shakldagi ma’lumotnoma; -arizani qayta ko’rib chiqish uchun yigim to’langanligini tasdiqlovchi hujjat; Auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya bitimining talablari va shartlariga rioya qilinganda litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish oldingi berilgan litsenziya blankasiga maxsus belgi qo’yish yo’li bilan amalga oshiriladi. Agar litsenziyaning amal qilishi
ariza berilgan sanada yoki ariza ko’rib chiqilayotgan davrda qonun hujjatlariga muvofiq to’xtatib qo’yilgan bo’lsa, litsenziyaning amal qilish muddati uzaytirilmaydi. Auditorlik tashkiloti qayta tuzilgan, uning nomi yoki o’rni o’zgargan hollarda, auditorlik tashkiloti, yoxud uning huquqiy vorisi, qayta ro’yxatdan o’tkazilgandan so’ng bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga qayta rasmiylashtiriladigan litsenziyani va tegishli o’zgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to’g’risida ariza berishlari lozim.