3.4. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari 3.1. Majburiy auditorlik tekshiruvi. Auditorlik tekshiruvi qay tarzda o’tkazilishiga ko’ra majburiy va tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvlarga bo’linadi. Shuningdek, auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra ham o’tkazilishi mumkin. «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga muvofiq faoliyat turiga ko’ra quyidagi iqtisodiy sub’ektlar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi kerak:
aktsiyadorlik jamiyatlari;
banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
sug’urta tashkilotlari;
investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning boshqaruv kompaniyalari;
manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo’lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar;
mablag’larning hosil bo’lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo’lmish byudjetdan tashqari fondlar;
ustav fondida davlatga tegishli ulush bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar. Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayigacha yillik moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o’tkazmagan va auditorlik xulosasiga ega bo’lmasa, u majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishidan bo’yin tovlagan hisoblanadi. «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 10-moddasiga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi lozim bo’lgan barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar oldingi yil uchun yillik moliyaviy hisobotlarini joriy yilning 1 mayigacha auditorlik