Auditor tekshirish jarayonida me’yorlashtirish, baholash, guruhlash usullaridan ham foydalaniladi. Audit usullari har bir hodisaning kelib chiqish sabablari, ularning oqibatlari, ho’jalik jarayonlarining qonun-qoidalarga (mezonlarga) muvofiqligini aniqlashga yordam berishi kerak. Auditorlik faoliyatining rivojlanishi tufayli uning uslubi, unda qo’llaniladigan usullar ham takomillashib boraveradi. Keyingi paytlarda maxsus adabiyotlarda auditning quyidagi usullariga katta e’tibor berilmoqda: xodimlar (yoki uchinchi shaxslar) bilan og’zaki so’rovlar o’tkazish, tekshirilayotgan korxona bo’yicha muqobil (alternativ) balans tuzish, audit ob’ektlari bo’yicha testlar anketalar o’tkazish, kompyuter axborotlari texnolgiyalaridan keng foydalanish kabi usullar. Shuni ham qayd qilish kerakki, auditorlar (auditorlik tashkilotlari) audit jarayonida qabul qilingan umumiy (an’anaviy) usullardan foydalanish bilan bir qatorda ular o’zlariga ma’qul bo’lgan yoki boshqalar uchun “tijorat siri” hisoblangan noan’anaviy (lokal) usullardan ham foydalanishlari mumkin. Audit o’tkazishda milliy va xalqaro audit standartlariga asoslanadi. Shunday qilib, auditda qo’llaniladigan usullar uning turi, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liq bo’ladi. 1.5. Auditorlik kasbiga kirish Moliyaviy hisobotlar auditi: iqtisodiy harakatlar va vokealar tasdiqlanganlikka nisbatan dalillarni ob’ektiv olish va baholashning muntazam jarayoni, bundan maqsad ushbu tasdiqlashlar va belgilangan mezonlar orasidagi moslik darajasini aniqlash va natijalarini manfaatdor foydalanuvchilarga berish. Tashqi audit yagona vazifani bajaradi. Raxbariyat moliyaviy hisobotni tuzib va boshqaruvning ichki tizimini loyihalashtirayotganda, tashqi auditning maqsadi moliyaviy