Har qanday tushuncha, ayniqsa ilmiy atama o’zining mohiyatini ifodalovchi ta’rifiga ega
bo’lishi lozim.
Auditorlik faoliyatining ta’rifi o’zining tarixiy taraqqiyot yo’lida
turli manbalarda turlicha
bayon qilingan. Masalan, professor M. M. To’laxo’jayevaning «O’zbekiston Respublikasida
Moliyaviy nazorat tizimi» nomli kitobida auditga quyidagicha ta’rif berilgan:
«audit – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning
moliyaviy hisobotini
yoki u bilan bog’liq moliyaviy axborotni ushbu hisobot yoki axborotning qonun va boshqa normativ
hujjatlarga muvofiqlik darajasi to’g’risi-da xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir».
Dostları ilə paylaş: