mijoz-korxonalar buxgalteriya hisobining eng muammoli masalalarini bilish; bajarilgan ishlarning standartlarga mos kelishini, hujjatlashtirishning etarliligini, audit maqsadiga erishilganlikni tekshirishni nazarda tutadi. Auditning sifatini umumiy nazorat qilish auditorning ma’lum shaxsiy xususiyatlariga (halollik, obektivlik, mustaqillik, professionallik, kompetentlilik) auditorlik guruhi a’zolari o’rtasida ishlarning asosli taqsimlanganligi; sifat standartlariga rioya qilinishi bo’yicha auditorlarning ishlari ustidan nazorat; sifatni nazorat qilish siyosati va amallarining samaradorligi ustidan nazorat o’rnatishiga asoslanadi. Joriy nazorat quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: auditor assistentlar ishlari ustidan nazorat, auditorlik tashkilotining auditorlar ishlari ustidan nazorat, va boshqalar. Auditorlik tashkilotining auditorlar ishlari ustidan nazorati, birinchidan, tekshiruv o’tkazish dasturining asoslanganligini muhokama qilish, ikkinchidan, auditning tashkiliy- ahloqiy printsiplariga qat’iy rioya qilish, uchinchidan, asosiy auditor tomonidan xulosa berilganidan so’ng auditorlik tashkilotining boshqa auditori tomonidan mijoz-korxona hisobotining ayrim ko’rsatkichlari(hisob bo’limlari)ni tanlab qayta tekshirish yordamida amalga oshiriladi.
Auditorlik tashkiloti ichida ishlar sifatini nazorat qilishga talablar va muayyan auditorlik tekshiruvi chogida ishning talab darajasida ekanligini ta’minlash №5-«Auditor ishining sifatini nazorat qilish»nomli AFMSda aks ettirilgan. Unga muvofiq auditor ishlarining sifatini nazorat qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Asosiy auditorning o’z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi.