hisobot ma’lumotlariga to’g’ri kelishi. Har bir auditor, garchi bitta auditorlik tekshiruvida to’liq ishtirok etgan bo’lsa ham, buxgalteriya hisobini tartibga solish va soliqqa tortishning mavjud tizimida istalgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalterlik (moliyaviy) hiso-botining u yoki bu darajadagi xatolarga yo’l qo’ymasligi o’ta murakkab ekanligini tushunib etadi. Auditor bunday xatolarni aniqlaganida quyidagi vazifalarni hal etishi lozim:
buxgalterlik hisobotidagi xatolarning bayonini yozish;
buxgalterlik hisobi va hisobotini tashkil etish hamda yuritishning qonunchilik bilan belgilangan qoidalari xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari tomonidan bilmasdan yoki ataylab buzilgan hollar aniqlanganida auditorlik tashkiloti qanday ish tutishi xususiyatlarini aniq-lash;
buxgalteriya hisobotining ishonchliligiga ta’sir qiladi-gan xatolar auditor tomonidan aniqlanganligi munosabati bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt va auditorlik tashkiloti mas’uliyatlarini bir-biridan ajratib belgilash;
buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning buzib ko’rsatilish xavf-xatari omillarini aniqlash. Ko’pincha auditor audit o’tkazish chog’ida buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlarga qanday maqsadlarda ataylab xatolar kiritilganligini aniqlashga urinib, unga xos bo’lmagan funktsiyalarni zimmasiga olishga harakat qiladi (balki buxgalterlik hisoboti ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni chalg’itish uchun g’arazli maqsadlar ko’zlangan bo’lishi mumkin). Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlarining buxgalterlik hisobotida xatolar paydo
bo’lishiga olib keladigan, ataylab qilingan hatti-harakatlari (yoki loqaydliklari) to’g’risida