olmaydi. Masalan, har xil foyda solig’i stavkalarini qo’llaydigan faoliyat turlari bilan shug’ullanadigan korxonalar ushbu soliqni eng yuqori stavka bo’yicha hisob-kitob qilgan. Ushbu holat hisob siyosatini shakllantirish masalasiga korxonada yuzaki yondashilayotganligidan dalolat beradi. Chunki, bunda hisob siyosatining uslubiy jihatlaridagi imkoniyatlaridan foydalanilmaydi. Har xil stavkalarda soliqqa tortiladigan faoliyatlar turlari bo’yicha xarajatlarni alohida hisobga olish uslubini ishlab chiqish va tasdiqlash soliq yukini engillatishga imkon bergan bo’lar edi. Auditor tomonidan korxona ma’muriyatining hisob siyosatiga munosabatini baholashni korxonada ichki nazoratning
ahvolini umumiy baholashda e’tiborga olish zarur. Chunki hisob siyosati o’z-o’zidan ichki nazorat tizimining muhim unsurlaridan biri hisoblanadi. Hisob siyosatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi - «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli №1 BHMS talablaridan kelib chiqqan holda korxona buxgalteriya hisobotining ishonchliligi to’g’risida xulosa tuzishdan iborat bo’lib, hisob siyosati №1 BHMSga muvofiq ularni bajarishni ta’minlashi lozim. Shuningdek, buxgalteriya hisobo- tining ishonchliligi to’g’risida fikr shakllantirishda quyi-dagi holatlar ham inobatga olinishi zarur:
korxonalarning mulkiy holisligi;
hisob siyosatini qo’llashning izchilligi;
xo’jalik faoliyati faktlarining aniqligi. Auditorlik tekshiruvini o’tkazishda quyidagilarni ham aniqlash zarur:
hisob siyosatiga doir farmoyish hujjatlarining mavjudligi va ularning tarkibi;