hisob siyosatiga doir hujjatlar shakllari va qabul qilish muddatlarining me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi;
me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan hisob usullaridan farq qiladigan, lekin korxonaning mulkiy holatini va moliyaviy natijalarini ishonarli aks ettirishga imkon beradigan usullar mavjudligi;
hisob siyosatini shakllantirish chog’ida tanlangan, buxgalteriya hisobotlaridan foydalanuvchilar tomonidan korxona moliyaviy holatini baholash va qaror qabul qilishga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan buxgalteriya hisobini yuritish usullarining mohiyati to’liq ochib berilganligi;
hisob siyosatiga rioya qilish.
Auditor №1 BHMS da belgilangan, hisob siyosatini qabul qilish tartibiga rioya qilinayotganligini tekshirishi lozim: unda:
hisob siyosatini qabul qilish to’g’risida korxona rahbarining buyrug’i (farmoyishi) chiqarilganligi) (№1 BHMS 55 bandi).
ishchi schyotlar rejasi, namunaviy qabul qilinmagan dastlabki hujjatlar shakllari, hujjatlar aylanishi reja-grafigi va hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyasi, inventarizatsiya o’tkazish va xo’jalik muomalalarini nazorat qilish tartibi va boshqalar tasdiqlanganligi.
hisob siyosatiga kiritiladigan qo’shimcha va o’zgartishlar to’g’risida buyruq chiqarilganligi (№1 BHMS 56. 1, 56. 2, 56. 3, 56. 4 bandlari). Shuningdek, yangidan tashkil etilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt tanlagan hisob yuritish siyosatini moliyaviy hisobotini birinchi marta e’lon qilgunga qadar, lekin yuridik shaxs huquqini olgan (davlat ro’yxatidan o’tgan) kundan boshlab 90 kundan kechikmasdan rasmiylashtirishi lozim. Korxona tomonidan tanlangan hisob siyosati yuridik shaxs huquqini olgan (davlat ro’yxatidan o’tgan) kundan boshlab yuritiladi.