* izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar. Buxgalteriya balansi (1-shakl)da korxonaga mulkiy huquq aso-sida, tezkor boshqaruv va xo’jalik yuritish uchun taalluqli bo’lgan asosiy vositalar I - «Uzoq muddatli aktivlar» bo’limidagi «Asosiy vositalar» moddasida boshlang’ich qiymati, eskirish va qoldiq qiymatlari bo’yicha batafsil beriladi. Asosiy vositalar balansda HETTO bahosi ya’ni qoldiq qiymati bo’yicha aks etti-riladi (belgilangan tartibga muvofiq qiymati qoplanmaydigan (amortizatsiya hisoblanmaydigan) asosiy vositalar ob’ektlaridan tashqari). «Asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot» (3-shakl) bo’yicha quyidagilar to’g’risidagi ma’lumotlar o’rganiladi: * asosiy vositalar alohida turlarining hisobot davri boshi va oxiriga mavjudligi hamda hisobot davri davomidagi harakati (kirimi, chiqimi). Asosiy vositalar dastlabki qiymati (tiklash qiymati) bo’yicha ko’rsatiladi; * barcha asosiy vositalar, shuningdek ularning ayrim guruhlari: binolar va inshootlar, mashinalar, qurilmalar, transport vositalari va boshqalar; * butunligicha yoki ayrim turlari (binolar, inshootlar va hokazo) bo’yicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshiga va oxiriga mavjudligi; * konservatsiyaga qo’yilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshi va oxiriga mavjudligi. Moliyaviy hisobotga tushuntirish va izohlarda №1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) dagi qoidalardan kelib chiqib, quyidagilar to’g’risidagi axborotlar bayon qilinadi (ochib beriladi): * asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga qabul qilingandagi qiymatining o’zgarishi