(qo’shimcha qurish, qo’shimcha jihozlash, qayta jihozlash va qisman tugatish hollari ham qo’shilib); * korxonada asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddatlarini belgilash (asosiy guruhlari bo’yicha); * qiymati qoplanmaydigan (amortizatsiya qilinmaydigan) asosiy vositalar; Aniqlangan xatolar auditorlik hisobotida tafsilotlari bilan aks ettirilishi lozim. Zarur hollarda auditor qarama-qarshi tekshiruv o’tkazishi ham mumkin. Amaliyotda asosiy vositalar harakatiga oid muomalalarini ixtiyoriy shakldagi (o’zboshimcha tuzilgan) hujjatlar bilan rasmiylashtirish kabi qonunbuzarlik hollari ham ko’plab uchraydi. 11.3.Asosiy vositalar tekshiruvidagi audit amallari
Asosiy vositalar mavjudligi va saqlanishini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad buxgalteriya hisoboti moddalarining haqqoniyligini ta’minlashdan iborat.
Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: qiymati korxonada belgilab qo’yilgan chegaradan past bo’lgan ob’ektlar yoki qiymatidan qat’iy nazar xizmat muddati 12 oydan kam bo’lgan ob’ektlar asosiy vositalar qatoriga o’tib qolmaganligi; korxonada asosiy vositalar inventar va xo’jalik ashyolari qatoriga va aksincha o’tkazilmaganligi; bunda shuni nazarda tutish zarurki, ob’ekt qiymatining chegarasi ob’ektni sotib olish (foydalanishga topshirish) sanasiga aniqlanadi. Asosiy vositalarni inventar va xo’jalik ashyolari qatoriga asossiz o’tkazish auditorlik tekshiruvi chog’ida aniqlanadigan xatolardan biridir. Ko’p hollarda bunday o’tkazishning sababi korxonaning amortizatsiya hisoblash ishlarini kamaytirishga intilishi hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvi chog’ida korxonaning asosiy vositalar ob’ektlariga